Nima sababdan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida qabul muddati tugayapti? Bu savolga Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov javob berdi, deb yozadi O‘zA.
“O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga qabul 15-iyulgacha deb belgilangan. Faqat Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti uchun alohida qaror chiqqan. Ularda sinovlarning birinchi bosqichi 5-iyulga qadar yakunlanishi kerak. Shuning uchun ularda hujjat qabul qilish avvalroq yakunlandi. Lekin, bunda ilk sinovlardan o‘ta olmagan abituriyentlar boshqa OTMga topshirish imkoni bo‘ladi”, — deb javob berdi Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov.
Izoh (0)