• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    1-iyuldan avtotransportdagi videoregistratorlarda qayd etilgan huquqbuzarlik videoyozuvlarini qabul qilish sinov tariqasida boshlandi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-maydagi 377-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi o‘zining 747-sonli “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi qarorini chiqardi.

    Ushbu qarorga asosan 2019-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish ishlari sinov tariqasida ishga tushirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Foto: “Muzon-auto.ru”

    Foto: “Muzon-auto.ru”

    2019-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar holatlari qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

    Huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni yuborgan shaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan eng kam oylik ish haqining besh foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

    Huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni taqdim etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Jismoniy va yuridik shaxslar videoregistratorlar orqali yo‘l harakati ishtirokchilari (yo‘lovchi va piyodalar bundan mustasno) tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik holatlarini qayd etishi hamda uch ish kuni ichida markazlashtirilgan tizim (http://dyhxx.ejarima.uz) orqali ichki ishlar organlariga ko‘rib chiqish uchun yuborishi mumkin.

    Videoregistrator orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holati to‘g‘risidagi videoyozuvda quyidagilar aniq aks ettirilishi lozim:

    sodir etilgan huquqbuzarlik holati;

    transport vositasining rusumi va davlat raqami belgisi;

    huquqbuzarlik sodir etilgan sana va vaqt.

    Huquqbuzarlik holati aks ettirilgan videoyozuvlarga har qanday tarzda o‘zgartirishlar kiritish taqiqlanadi.

    O‘zgartirish kiritilgan videoyozuvlar ko‘rib chiqilmaydi, hajmini qisqartirish maqsadida videoyozuvning bevosita huquqbuzarlik holati aks ettirilgan qismini kesib olish bundan mustasno (qoida tariqasida, videoyozuvning davomiyligi 120 sekunddan oshmasligi lozim).

    Huquqbuzarlik holati aks ettirilgan videoyozuvlarni markazlashtirilgan tizimga yuborishda quyidagilar to‘liq ko‘rsatilishi lozim.

    Fuqaroning ismi, familiyasi, otasining ismi, doimiy yashash manzili, yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), bank hisob raqami (videoyozuv yuridik shaxs vakili nomidan to‘ldirilganda);

    uyali telefon raqami yoki bank plastik kartasi raqami va elektron manzili;

    huquqbuzarlik sodir etilgan joy, sana va vaqt.

    Markazlashtirilgan tizimga kelib tushgan huquqbuzarlik holatlari qayd etilgan videoyozuvlar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’muriy amaliyot inspektori tomonidan uch ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.

    Quyidagi hollarda videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlar asosida ma’muriy ish yuritilmaydi:

    videoyozuvlar sifatsiz bo‘lganda;

    videoyozuvlar markazlashtirilgan tizimga belgilangan talablarga rioya etmagan holda yuklanganda;

    videoyozuvlarga o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lsa;

    videoyozuvda qayd etilgan huquqbuzarlik bo‘yicha qaror qabul qilingan yoki ma’muriy ish yuritilayotgan taqdirda.

    Videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni ko‘rib chiqish natijasi yuzasidan uni yuborgan shaxsga o‘n besh kun muddat ichida elektron tarzda javob yuboriladi.

    Huquqbuzarlik bo‘yicha sud tomonidan ma’muriy jarima bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jazo chorasi qo‘llangan hollarda videoyozuvni yuborgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi “Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi 15-son qaroriga muvofiq rag‘batlantirilishi mumkin.

    Rag‘batlantirish huquqbuzardan jarima undirilgandan so‘ng fuqaroning uyali telefon raqami hisobiga yoki bank plastik kartasiga, yuridik shaxsning esa bank hisob raqamiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazilgan mablag‘lar hisobidan avtomatik tarzda pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

    Shuning bilan birgalikda, http://dyhxx.ejarima.uz sayti birinchi marta ishga tushirilayotganligi, sinovdan o‘tgan analoglari yo‘qligi sababli, sinov davrida tizimda ayrim texnik kamchilik va xatoliklar kelib chiqishi hamda qisqa muddatli tuxtalishlar bo‘lishi mumkinligin ma’lum qilamiz.

    01.07.2019, 21:30   Izoh (0)   45189
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xalqaro go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik qiz, eng chiroyli millat deb topilgan ukrainlar, Jizzaxda pichoqlangan shifokor va kunning boshqa xabarla...

    01.07.2019, 21:17

    Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentiga yangi boshliq tayinlandi

    01.07.2019, 20:51

    Bosh prokuratura murojaatiga ko‘ra bog‘chalardagi onlayn navbatlarni tekshirish boshlandi

    01.07.2019, 20:38

    O‘zbekistonda kanalizatsiya va relyef maydonlarga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish xavfi yuqori 14 mingga yaqin korxona mavjud

    01.07.2019, 20:30

    Surxondaryoda MIB xodimi daryoda cho‘kayotgan bolani qutqarib qoldi

    01.07.2019, 20:25

    Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Genplan har doim ham iqtisodiy, siyosiy yoki boshqa rivojlanishlarga yordam beradi, degani emas”

    01.07.2019, 20:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya har oy 6 mingdan ortiq Shahed droni ishlab chiqarmoqchi — CNN

    Dunyo | 24 avgust, 10:55

    Kinotavsiya: Vaqtlararo sayohat haqidagi 7 ta fantastik serial

    Kino | 24 avgust, 10:36

    DXX kubogi: “Jomiy” mahallasi yoshlari chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 24 avgust, 10:18

    Shubhali to‘lovlarni amalga oshirmang — Migratsiya agentligi fuqarolarni ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 10:12

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.