• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Fiskal detsentralizatsiya siyosiy detsentralizatsiyadan keyin boshlanishi kerak

    Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan audioyozuv yuzasidan Davletov telegram-kanali “Fiskal detsentralizatsiya siyosiy detsentralizatsiyadan keyin boshlanishi kerak” nomli maqola chop etdi. Unda muammoni aniqlash va uni yechimi bo‘yicha qanday tadbir amalga oshirilishi kerakligi haqida fikrlar bayon etilgan. Quyida maqola to‘lig‘icha havola etildi.

    Foto: Flickr

    Foto: Flickr

    Ko‘pincha davlat tomonidan qabul qilingan va amalga oshirish boshlangan qaror haqida gap ketganda skeptiklar tomonidan yangraydigan navbatchi argumentlar bor: ulardan biri — “velosipedni qaytadan kashf qilishni keragi yo‘q”. Argumentga e’tiroz bo‘lmasa-da, bunday yondashuv masalani yechimi bo‘la olmaydi. Negaki, velosipedning turli-tumani bor. Qanday turdagi velosipedni tanlash, uni tezligi qanday bo‘lishi kerakligi, bizning yo‘llar bu ulovga javob beradimi yo‘qmi — mana shu savollarni javobini topsakkina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.

    Hayriyatki, davlat moliyaviy boshqaruvi (public policy) nazariyasi mana shu savollar ustida yillar davomida bosh qotirib keladi va yig‘ilgan tajribalar hech bo‘lmaganda har qanday masalada to‘g‘ri qadam bosish bo‘yicha umumiy tavsiyalar beradi.

    Vaziyatga qaytsak, so‘nggi voqealar mahalliy hokimliklarga vakolatlar va imkoniyatlar (cheksiz?) berilishi qadami, afsuski, biroz noto‘g‘ri bosildi. Shu o‘rinda, quyidagi tushunchalarni farqlab olishimiz kerak: siyosiy detsentralizatsiya va fiskal detsentralizatsiya. Shakli jihatdan bizdagi holat — mahalliy hokimlarga pul mablag‘larini qoldirish va ularni ishlatish bo‘yicha mustaqillik berilishi fiskal detsentralizatsiyaga o‘xshab ketadi.

    O‘zi aslida jarayon nimadan boshlanishi kerak edi? Fiskal detsentralizatsiya masalasida tajribadan o‘tgan qanday umumqabul qilingan qoidalari mavjud?

    Avvalambor, shuni tan olish kerakki, mahalliy hokimliklar ixtiyorida pul mablag‘larini qoldirish, ularni ishlatish bo‘yicha fiskal mustaqillikni berilishi to‘g‘ri yo‘l. Sababi, fiskal detsentralizatsiyaning (nazariy jihatdan) quyidagi afzalliklari mavjud:

    • birinchidan, mahalliy hokimiyat o‘zining hududidagi aholining ehtiyojlarini markaziy hukumatdan ko‘ra yaxshiroq biladi. Boshqacha aytganda, axborotga egalik qilish nuqtai nazardan qiyosiy ustunlikka ega. Shuning uchun mahalliy resurslarni (maktab ta’limi, meditsina, ijtimoiy yordam, mahalliy infrastruktura) mahalliy hukumat orqali taqsimlash samaraliroq amalga oshiriladi;
    • ikkinchidan, bu mahalliy hokimiyatlar o‘rtasida raqobatni paydo qiladi. Berilgan resurslardan kim samaraliroq foydalanganini taqqoslash imkoni bo‘ladi.
    Umuman olganda, fiskal detsentralizatsiya siyosati o‘z holicha yaxshi ham, yomon ham emas. Eng muhimi, uni qanday tashkil etish va amalga oshirishga bog‘liq. Masalan, detsentralizatsiya jarayonida hududlar orasidagi hamda markaziy va mahalliy hokimiyat o‘rtasidagi munosabatlar muvofiqlashtirilmasa ayrim ijtimoiy loyihalarning takrorlanishiga va resurslarni samarasiz ishlatilishiga olib kelishi yoki regionlar o‘rtasida samarasiz raqobatni (masalan, soliq solish bo‘yicha raqobatlashish) ham paydo qilishi mumkin. Eng yomoni, yaxshi ishlamaydigan institutlar sharoitida detsentralizatsiya mahalliy hokimiyat idoralarida korrupsiyani yanada kuchaytiradi.

    Bir so‘z bilan aytganda, detsentralizatsiya jarayoni hokimiyat idoralarining barcha funksiya va vazifalarini, loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va moliyalashtirishni qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etadi.

    Shunday ekan, detsentralizatsiya jarayoni xaotik tarzda emas, balki tizimli va puxta ishlab chiqilgan strategiyaga asosan tashkil etilishi kerak. Bu jarayon, shu bilan birga, davlatning boshqa muhim funksiyalari — makroiqtisodiy barqarorlik (inflyatsiya, ishsizlik), daromadlarni qayta taqsimlash bilan hamohang bo‘lishi zarur. Biz to‘xtalgan holatlar fiskal detsentralizatsiya masalasi bo‘yicha butun boshli davlat moliyaviy boshqaruvi nazariya va amaliyotining kichik bir bo‘lagi, xolos. Shunday ekan, bu jarayonning kompleks ravishda tahlil etilib – uning barcha afzallik va kamchilik tomonlarini aniqlash taqozo etiladi.

    Bizning holatda qayerda xato ketdi? Fiskal va siyosiy detsentralizatsiya bu bir tanganing ikki tomoni. Fiskal detsentralizatsiya jarayoni birinchi navbatda mahalliy hukumat rahbarlarining mahalliy aholi oldidagi hisobdorligiga asoslanib, siyosiy detsentralizatsiya amalga oshirilgandan so‘nggina boshlanishi shart.

    Shunday ekan, qadamni to‘g‘ri tashlash kerak: modomiki detsentralizatsiya qilmoqchi ekanmiz, birinchi o‘rinda hokimlarni saylash tizimini yo‘lga qo‘yaylik. Keyin esa — fiskal detsentralizatsiya. Shundagina ayrim hokimlarning shaxsiy fazilatlarini emas, balki o‘rnatilgan tizimning kamchiliklarini aniqlash va tuzatish imkoni bo‘ladi.

    Yaponiyada ilmiy tadqiqot olib borayotgan o‘zbekistonlik iqtisodchi. 

    01.07.2019, 16:00   Izoh (0)   4469
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzaxda 14 yashar ukasi operatsiyadan omon chiqmagan aka shifokorni pichoqladi

    01.07.2019, 15:47

    Zangiotadagi koloniyadan bir guruh ayollar ozod qilindi

    01.07.2019, 15:35

    UNESCO Butunjahon merosi qo‘mitasi 43-sessiyasida Aziz Abduhakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda

    01.07.2019, 15:21

    O‘zbekistonlik qiz Olmaotadagi xalqaro go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘ldi (foto)

    01.07.2019, 14:59

    Toshkent yaqinidagi AYoQShda ro‘y bergan yong‘inda benzovoz va Matiz yonib ketdi

    01.07.2019, 14:48

    AES qurilishi uchun Tuzkon ko‘li yaqinida tanlangan maydonda muhandislik-tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichiga start berildi

    01.07.2019, 14:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoylik er-xotin ajrashayotganda 29 ta tovuqni bo‘lisha olmadi

    Dunyo | 10 avgust, 23:59

    ChatGPT maslahati sababli erkak jinnixonaga tushib qoldi

    Dunyo | 10 avgust, 23:35

    Putin Xerson va Zaporojye viloyatlaridan rus qo‘shinlarini olib chiqmaydi

    Dunyo | 10 avgust, 23:15

    Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjon obyektlariga “maqsadli zarba berish”da aybladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:55

    Superliga. “So‘g‘diyona” “Mash’al”dan ustun keldi

    Sport | 10 avgust, 22:35

    Turkiyada 6,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi (video)

    Dunyo | 10 avgust, 22:34

    NYT: Britaniya yarim yil maxfiy Falastin rejasi ustida ishladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.