Fransiyada Kuwait Airways aviakompaniyasiga tegishli samolyot qo‘nishni amalga oshirganidan so‘ng aeroport binosiga borib urildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ko‘ngilsiz hodisa Nitssa shahri aeroportida sodir bo‘lgan. Boeing 777 chap qanoti bilan aeroport binosini turtib ketgan. Aviakompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilarning hech biriga jarohat yetmagan.
https://twitter.com/Biileeeel/status/1143184143464960005
Mazkur holat sabab aeroportda bir nechta reys bekor qilingan.
Izoh (0)