2018-yil yanvar oyida Sergeli 2-dahada yashovchi 46 yoshli S.R. singlisi, Sergeli 3-dahada yashovchi 34 yoshli A.R.ning uyini o‘zining nomiga hadya tarzida rasmiylashtirish uchun singlisining imzosini qalbakilashtirgan. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
U uyni o‘zining nomiga rasmiylashtirgan va xonadonni 33 000 AQSh dollari evaziga S.P.ga sotib yuborgan va va pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida A.R. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)