Shvetsiya poytaxti Stokgolmda joriy yil 21-iyun kuni 35 yashar O‘zbekiston fuqarosi Akmalxon Cho‘liyev ijaraga olingan kvartirada vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasi ma’lum qildi.
Hozirgi vaqtda mahalliy politsiya o‘lim sababini tekshirmoqda.
Elchixona Shvetsiya politsiyasiga mazkur holat bo‘yicha ma’lumot taqdim etishni so‘rab rasmiy talabnoma jo‘natdi va marhum jasadini vatanga keltirish masalasi yuzasidan o‘zbek diasporasi vakillari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Izoh (0)