Liviya poytaxti Tripoli shahridagi Mitiga aeroportida An-124 og‘ir harbiy-transport samolyoti portlatib yuborildi, deb xabar berdi The Libya Times.
Hodisa tafsilotlari oshkor etilmagan, biroq samolyotga artilleriya snaryadlari tushgani ko‘rinib turibdi.
Nashrning qayd etishicha, shu tarzda “al-Bogra” nomini olgan qurolli guruh aeroport hududidagi qamoqxonada saqlanayotgan yuzlab jihodchilarni ozod etishni talab qilgan.
Izoh (0)