Kambodja janubi-g‘arbidagi Sianukvil shahrida qurilayotgan bino qulab tushdi. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, 23 kishi jarohatlandi. 36 nafar ishchi vayronalar ostidan qutqarib qolindi.
Bino qurilishi pudratchisi Xitoy kompaniyasi ekanligi aytilmoqda. Politsiya mazkur qurilishga mas’ul bo‘lgan 4 kishini qo‘lga oldi va so‘roq qilmoqda.
Izoh (0)