Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Trampdan shaxsiy maktub oldi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.
Koreya markaziy telegraf agentligiga ko‘ra, maktub mazmuni bilan tanishgan KXDR yetakchisi uni “qoyilmaqom” deb atagan.
“Prezident Trampning siyosiy mulohazakorligi va favqulodda jasoratini yuqori baholagan Kim Chen In maktubning qiziqarli mazmuni haqida jiddiy mushohada qilishini bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)