Joriy yil 22-iyun kuni vaqtincha Navoiy shahar, “Hosil” dala hovlisida yashovchi 58 yoshli I.G. IIBga murojaat qilib, shu yil 17- iyun kuni noma’lum shaxs uning uyiga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, 43 000 AQSh dollari va 67 million so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni arizachi I.G.ning qaynukasi, 49 yoshli A.I. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)