• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Aydar-Arnasoydan boshlanib katta qozixonalardan axtarilayotgan haqiqat

    O‘zAda jurnalist Toshqul Beknazarovning O‘zbekiston Oliy sudiga murojaati chop etildi. Quyida murojaat to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi diqqatiga!

    Bir shikoyat izidan

    Voqealar nihoyasida haqiqat baribir topiladi. Ammo, u har doim voqeaning boshida bo‘ladi. Haqiqat axtarganlar shuning uchun qiynaladi. Ayniqsa, sudlar orqali axtarganlar...

    Mamlakatimiz ekologiyasida, iqtisodiyotida muhim o‘rin tutuvchi Aydar-Arnasoy ko‘llari tabiiy boyliklaridan atrof-muhitga zarar yetkazmasdan oqilona foydalanishga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratib kelinayotir.

    Prezidentimizning 2018-yil 6-noyabrdagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori asosida ushbu suv havzasi biologik resurslaridan samarali va oqilona foydalanish tizimi yaratilib, xo‘jalik yuritish qonuniy asoslarda yo‘lga qo‘yilmoqda. Qarorda belgilangan vazifalar va respublika hukumati tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy me’yoriy hujjatlar asosida ko‘lda baliqchilikni rivojlantirish, baliq ovlashni tartibga solishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasi huzurida havza ho‘jaligi uchun mas’ul bo‘lgan “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Ayni paytda ushbu korxona kelgusida baliqlarni ko‘paytirish uchun baliq chavoqlari yetishtirish, tarmoqda zamonaviy texnologiya va usullarini qo‘llash, hududga investitsiya jalb etish bilan shug‘ullanmoqda.

    O‘tgan davrda havzadagi tibiiy boyliklardan samarali va oqilona foydalanishga qo‘yish maqsadida direksiyaning moddiy-texnik bazsi yaratildi. Hozirgi kunda direksiya o‘zining ma’muriy binosiga, balans qiymati 9,3 milliard so‘m bo‘lgan 15 ta maxsus transport vositalariga ega.

    2018-yil va joriy yilning o‘tgan davrida direksiya Arnasoy ko‘li atrofida 2 dona har birining sig‘imi 25 kubmetr bo‘lgan baliqlarni saqlash muzlatkichlari tashkil etdi. Korxona tomonidan barpo etilgan 70 gektar sun’iy suv havzalarda 5,3 million dona, ijarachilar bilan birgalikda jami 7,1 million dona baliq chavoqlari yetishtirilib ko‘llar tizimiga tashlandi.

    Endilikda tadbirkorlarga ko‘lda xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi tender tanlovlari orqali berilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, jumladan, mazkur tizimning samarali ishlashiga to‘sqinlik qilayotganlar ham uchrayotgani achinarlidir.

    O‘zA tahririyatiga Forish tumanidan ikki tadbirkor – “ODILBEK OLTIN BALIG‘I” xususiy korxonasi rahbari Komil Qurbonov va “AYDAR ALBATROS” xususiy korxonasi rahbari Nuriddin Keldiyevdan kelgan murojaat shu haqda:

    “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-martdagi “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining biologik resurslardan oqilona foydalanishini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2018-yil 26-iyulda baliq ovlash xo‘jaliklarining tanlov takliflarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Jizzax viloyati tanlov komissiyasiga qatnashib, 112 – 113-sonli kontur uchastkalarga tanlov g‘olibi bo‘lganmiz. Tanlov komissiyasi qaroriga muvofiq, sanoat asosida biliq ovlash va baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” davlat unitar korxonasi bilan shartnoma tuzib, ushbu suv havzasi uchastkalarini ijaraga olganmiz.

    Tanlovda qatnashish uchun “OSTROV PULSAR” sho‘’ba korxonasi ham ariza bergan. Biroq, uning “Aydar – Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” DUK bilan avval tuzgan shartnomasi bekor qilingani, ijara to‘lovlaridan 28 million 611 ming 563 so‘m qarzdorligi mavjud bo‘lgani tufayli tanlovga kiritilmagan.

    Shundan so‘ng “OSTROV PULSAR” sho‘’ba korxonasi Do‘stlik tumanlararo iqtisodiy sudiga “Bizni tanlovda ishtirok etishimizga yo‘l qo‘ymadi deb” da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Tumanlararo iqtisodiy sud ushbu da’vo arizasini 2018-yil 25-oktabr kuni ko‘rib chiqib, viloyat tanlov komissiyasining 2018-yil 26-iyulda o‘tkazilgan tanlov bayonnomasining 112-113-uchastkalar bo‘yicha qismini haqiqiy emas, deb qaror qabul qilgan.

    Biz Do‘stlik tumanlararo iqtisodiy sudining qaroridan norozi bo‘lib, Jizzax viloyati iqtisodiy sudi apellyatsiya instansiyasiga shikoyat apellyatsiyasi bilan murojaat kildik. 2019-yil 8-yanvar kuni viloyat iqtisodiy sudining apellyatsiya instansiyasi sudlov hay’ati “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” DUK va biz taqdim etgan tegishli hujjatlar va tanlov jarayoni olingan videotasvir, da’vogarning qarzdorligi haqida ma’lumot, davlat tomonidan belgilangan baliq ovlash ko‘rsatkichlari bajarmagani haqidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqib, Do‘stlik tumanlararo iqtisodiy sudining 2018-yil 25-oktabrdagi qarorini bekor qildi. Biz haqiqat qaror topganidan, sudning adolatli qaroridan xursand bo‘ldik.

    Biroq, xursandligimiz uzoqqa cho‘zilmadi. “OSTROV PULSAR” sho‘’ba korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudiga Jizzax viloyati iqtisodiy sudi apellyatsiya instansiyasining 2019-yil 8-yanvardagi qarori ustidan shikoyat kiritdi. Respublika Oliy Sudi viloyat iqtisodiy sudi apellyatsiya instansiyasining 2019-yil 8-yanvardagi qarorini bekor qildi.

    Biz O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi B.Ubaydullayev olib borgan sud jarayonidan norozimiz. Birinchidan, sud majlisi tender komissiyasi a’zolari ishtirokisiz o‘tkazildi. Vaholanki, ushbu komissiya a’zolari nima uchun “OSTROV PULSAR” sho‘’ba korxonasi tanlovda qatnashishi noloyiq deb topilganligini asoslab berish kerak edi. Bu holatga bizning noroziligimizni sudya “tanlov hay’ati a’zolarining sudga ishtirokini ta’minlash mening vakolatimga kirmaydi”, degan vaj keltirib, ishni bir tomonlama ko‘rib chiqdi.

    “OSTROV PULSAR” sho‘’ba korxonasi tomonidan olingan barcha uchastkalarda umuman davlat va jamiyat foydasiga biron-bir amaliy ish qilinmagan. Ushbu uchastkalardan maqsadli foydalanmasdan, quruq va’dalar berib, respublikamiz hududiga investitsiya kiritamiz, deb aldab yuribdi.

    Biz davlat rahbarining “O‘zimiz o‘zimizga xiyonat qilmasak, o‘zimiz o‘zimizni aldamasak, halol-pok bo‘lib mehnat qilsak, men aminman, ko‘zlagan barcha marralarimizga albatta yetamiz”, degan gaplariga to‘liq ishonamiz. Biz shu ishonch bilan yashayapmiz, ishlayapmiz. Sudlar adolatsiz qarorlari bilan bu ishonchga putur yetkazmasligi kerak”.

    Aydar-Arnasoy ko‘llari, garchi, ko‘z ilg‘amas darajada keng ko‘rinsa-da, uning atrofidagi har bir o‘zgarish, amalga oshirilgan har bir ish, hatto odamlarning maqsad-niyatlari ham sezilib turadi. Shu ma’noda, ushbu murojaat egalari va boshqalarning faoliyati ham oddiy baliqchilardan tortib ko‘l boshqaruvi, nazorat tizimi idoralarigacha yaxshi ma’lum.

    Jumladan, suv havzasining 113-konturini tanlov orqali olib, “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” DUK bilan shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan “ODILBEK OLTIN BALIG‘I” xususiy korxonasi baliqchilarning yashashi uchun vagon uylar o‘rnatish, “Kazanka”, “Progress” rusumli jami 12 ta qayiq, qayiq motorlari, boshqa jihozlar sotib olishga 460 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladi. 12 ta ish o‘rni yaratdi. Ayni paytda viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi bilan kelishib, ekoturizm yo‘nalishida yangi loyihani amalga oshirish ustida ish olib borayotir.

    –Biz shu hududda tug‘ilib o‘sganmiz, taqdirimiz, oilamiz va farzandlarimiz rizq-nasibasi shu zamin, shu ko‘l bilan bog‘liq, – deydi Komil Qurbonov. – Shuning uchun ko‘ldan, uning ne’matlaridan faqat jamiyat va tabiat qonunlari asosida halol foydalanamiz va boshqalar ham shunday munosabatda bo‘lishini istaymiz. Biz tanlovda halol qatnashib yutib chiqqanmiz va qonunga muvofiq faoliyat yuritayotirmiz. Afsus, sudda davlatimizga, jamiyatimizga, ko‘l tabiatiga qanday naf keltirayotganlar emas, bunga to‘siq bo‘layotganlarning foydasiga qaror chiqarilishi adolatdan emas.

    Albatta, sudning qarori adolat mezonlariga qanchalik mosligini baholash, tasdiqlash yo rad etish yana yuqori sudning, huquqshunoslarning vazifasi. Ammo xolislik nuqtai nazaridan arnasoylik baliqchilarning tender tanlovida yutib olgan 112-va 113-konturlardagi uchastkalariga da’vogarlik qilayotgan “OSTROV PULSAR” sho‘’ba korxonasi faoliyati haqida ham ayrim ma’lumotlarni keltirib o‘tishni o‘rinli, deb hisoblaymiz.

    Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” DUK hamda “OSTROV PULSAR” sho‘’ba korxonasi o‘rtasida ko‘llar tizimi havzasidagi 57-,58-,59-,60-,112-,113-,114-,115- va 116-uchastka (kontur)lardagi jami 18 ming 393,2 gektar suv maydonini 10 yil muddatga ijaraga berish to‘g‘risida 2017 yil 15 iyunda 24-sonli shartnoma imzolangan.

    Sho‘’ba korxona ushbu shartnomani bekor qilish to‘g‘risida 2018-yil 12-aprelda “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi”ga ariza bilan murojaat qilgan. Direksiyaning 2018-yil 19-apreldagi 10-sonli yig‘ilish bayonnomasi bilan shartnoma bekor qilingan.

    “OSTROV PULSAR” sho‘’ba korxonasi shartnomasi bekor qilingandan buyon o‘tgan deyarli bir yilga yaqin vaqt davomida aytarli ish qilmagan. Ijara shartnomasida belgilangan 268 tonna baliq ovlash sharti bo‘yicha 9 tonna baliq ovlagani to‘g‘risida ma’lumot taqdim etgan xolos. Bundan tashqari, ijara to‘lovlaridan 28 million 611 ming so‘m qarzdor bo‘lgan.

    “OSTROV PULSAR” sho‘’ba korxonasi 2018-yil 26-iyulda o‘tkaziladigan baliq ovlash xo‘jaliklarining navbatdagi tender tanloviga 57-,112-, 113-uchastka (kontur)larga talabgor sifatida ishtirok etish taklifini kiritgan. “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksyasi” DUK tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida “OSTROV PULSAR”ning faoliyatini o‘rganib chiqqan tanlov komissiyasi bu taklifni rad etishi mantiqan to‘g‘ri bo‘lgan.

    Oldingi shartnoma muddatida katta maydonni ijaraga olgan, lekin eng kichik ijarachi qiladigan ishning ham o‘ndan birini qilmagan, zimmasiga olgan majburiyatini bajarmagan korxonaga yana qanday ishonish mumkin? Tanlov komissiyasi “OSTROV PULSAR”ga ishonch bildirmay to‘g‘ri qilgani aniq ko‘rinib turibdi.

    Biroq, sud...

    Har qanday sud qarori ham sog‘lom mantiqqa asoslanib chiqarilishi tabiiy. Ammo, yuqoridagi vaziyatda ushbu oddiy haqiqat nega turli darajadagi sudda turlicha talqin qilinayotganini tushunish qiyin. Qolaversa, avval ishni eplamagan korxona, ko‘lida shuncha keng maydon bo‘la turib, yaxshi ishlab kelayotgan, davlatga jamiyatga, odamlarga naf keltirayotgan aynan ana shu ikki tadbirkorning havzasiga da’vogarlik qilmoqda?

    Bu borada mutaxassis nima deydi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining 2017-yil 7-martdagi “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining biologik resurslardan oqilona foydalanishini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori bilan ko‘llar tizimi uchastkalarni baliq ovlash xo‘jaliklariga berish bo‘yicha ochiq tanlov tashkil etish “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” unitar korxonasining asosiy vazifasi qilib belgilangan, – deydi “Adolat” xususiy advokatlik firmasi advokati Shomurod Xudoynazarov. – Mazkur tanlov ham Vazirlar Mahkamasining ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomi asosida o‘tkazilgan. Tanlov komissiyasi a’zolari “OSTROV PULSAR” sho‘ba korxonasining ijara shartnomasi bo‘yicha qarzdorligi mavjudligini, baliq ovlash majburiyatlarini bajarmaganligini hisobga olib uning taklifini ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida bir ovozdan xulosaga kelgan. Oldingi shartnoma bo‘yicha shartnoma majburiyatlarining qanday bajarilganligi ushbu tanlovda hisobga olinadigan asosiy ahamiyatli jihat hisoblanadi. Ushbu jihat sud tomonidan mazkur ish bo‘yicha avvalgi instansiya qabul qilingan qarorni o‘zgartirish yoki bekor qilishda hisobga olinishi kerak edi.

    Bu mavhumlik ushbu ishga bevosita aloqador bo‘lgan va bo‘lmagan odamlarda turli taxmin va farazlar tug‘dirishi aniq. Ayni paytda suddagi tortishuvlar ketidan “ODILBEK OLTIN BALIG‘I” xususiy korxonasining huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tekshirilgani, baliqchilar va nazorat organlari o‘rtasidagi anglashmovchiliklar tadbirkorga nisbatan tazyiq o‘tkazayotgani to‘g‘risida taxmin-gumonlar paydo bo‘lishiga olib kelayotir.

    Albatta, voqealar ko‘l va uning atrofidagi og‘zaki axborotlar qanday bo‘lishidan qat’i nazar, oqibatda haqiqat qaror topishiga ishonamiz. Ammo hozir ushbu voqeaga bevosita aloqadorlarni, ishtirokchilarni bunga ishontirish qiyin. Faqat sudning adolatli qarori hayotimizda haqiqat qaror topayotganiga, mamlakatimiz sud-huquq tizimidagi islohotlar samarasiga odamlarni ishontira oladi.

    24.06.2019, 17:02   Izoh (0)   27170
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqanddagi Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi bitiruvchilariga ko‘krak nishonlari topshirildi

    24.06.2019, 16:49

    Fotoreportaj: Xorijlik sayyohlarni ham o‘ziga rom etayotgan Surxondaryodagi Sangardak sharsharasi

    24.06.2019, 16:37

    Sirdaryoda bayram munosabati bilan OAV xodimlariga planshetlar sovg‘a qilinadigan bo‘ldi

    24.06.2019, 16:25

    Farg‘onada qirg‘izistonlik ayol foydasiga 87 mln so‘m undirib berildi

    24.06.2019, 16:12

    Oliy sud “Suddagi chirkin holatlar yoxud hiylalar qachongacha davom etadi?” maqolasiga munosabat bildirdi

    24.06.2019, 15:26

    Qozog‘istondagi g‘isht zavodida 20 nafar o‘zbekistonlikning pasporti olib qo‘yilib, ish haqi berilmagani aniqlandi

    24.06.2019, 15:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi (video)

    Dunyo | 6 iyun, 23:00

    Qozog‘iston harbiylarini Buyuk Britaniyada o‘qitadi

    Dunyo | 6 iyun, 22:00

    Superliga. Qoldirilgan bahsda “Xorazm” “Qizilqum”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 6 iyun, 21:10

    Rossiyada IELTS topshirganlar qamalishi mumkin

    Dunyo | 6 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.