Samarqandda Mudofaa vazirligiga qarashli Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida navbatdagi bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov, Samarqand viloyati xokimi o‘rinbosari Rustam Komilov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar, faol yoshlar hamda markaz shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Unda bitiruvchilarga tantanali ravishda sertifikat va ko‘krak nishonlari topshirildi. Tadbir yakunida harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari namoyish qilindi.
Izoh (0)