Buxoroda 120 nafar fuqaroga lizingga avtomobil olib berishni va’da qilgan ko‘zbo‘yamachilar fosh etildi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
33-yoshli A.Sh., 31-yoshli I.D. va 41-yoshli S.I. jinoyatkorona til biriktirgan holda Buxoro viloyatida “UZ AVTO....” MChJni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Shundan so‘ng ular fuqarolarga lizingga GM Uzbekistan avtomobillari olib berishni va’da qilib, Shofirkon, Jondor, Kogon va Buxoroda ochilgan filiallari orqali pul yig‘ib ola boshlagan.
Jami 120 kishi ularga pul topshirgan. Ko‘zbo‘yamachilar jamlangan pullarni qalbaki hujjatlar va shartnomalar yordamida o‘z xarajatlari uchun sarflab yuborgan.
Ushbu voqea yuzasidan A.Sh., I.D. va S.I.ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, gumon qilinayotgan shaxslar hibsga olingan.
Izoh (0)