Joriy yilning 21-iyun kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanida Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashovchi, “Xayriya” MChJga qarashli qurilish firmasi ishchisi, 33 yoshli B.Q. yuqoridagi MChJ tomonidan qurilayotgan namunali uyda, o‘zaro janjal oqibatida birga ishlagan sherigi, Farg‘ona viloyatida yashagan, 63 yoshli X.R.ning boshiga yog‘och bilan urib jarohat yetkazgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Natijada X.R. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. B.Q. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)