Internet tarmog‘ida itning o‘ldirilishi aks etgan video tarqaldi. Ushbu fakt Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olindi, deyiladi muassasa xabarida.
Ushbu jinoyatni sodir etgan kishiga nisbatan ko‘rilgan chora haqida qo‘shimcha xabar berilishi aytiladi. Fuqaroning shaxsini aniqlashda jurnalist va blogerlar ko‘maklashgan.
O‘z xatti-harakatlarini videoga olib, Instagram’ga joylagan foydalanuvchi keyinroq o‘z postini o‘chirib tashlagan. Ammo boshqa foydalanuvchilar uni yozib olishga ulgurgan. Videoda “qahramon” ipga bog‘log‘liq turgan itni yaqindan turib miltiq bilan nishonga olgan. So‘ng, itning boshi tanasidan judo qilinganligi aks etgan manzarani ham ko‘z-ko‘z qilgan.
Shafqatsiz hodisa aks etgan videoni mana bu havola orqali ko‘rish mumkin. (Ogohlantirish: videoni ko‘rish 18 yoshdan oshmaganlarga va ko‘ngli bo‘shlarga tavsiya etilmaydi).
Izoh (0)