23-iyun kuni Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Qo‘yliq bozoriga tashrif buyurdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Tashrif davomida shahar hokimi oziq-ovqat narxlari bilan tanishdi, shuningdek, bozor hududida tartib va tozalikka qay darajada rioya etilishini kuzatdi.
Hokim mahsulotlar assortimentlarini ko‘zdan kechirdi, shuningdek narxlar bilan qiziqdi. U bozor hududidagi holatga va obodonlashtirish ishlariga ham e’tibor qaratdi.
Ortiqxo‘jayev bozorda sotuvchilar va xaridorlar bilan suhbatlashdi.
Qo‘yliq bozoriga tashrifidan keyin hokim Chorsu bozorida ham bo‘ldi.
Izoh (0)