• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    OAKning ilmiy daraja tizimi xalqaro standartlarga mosmi yoki o‘zi alohida hududmi?

    “Bugungi kunda jahonda oliy ta’lim tizimida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Ta’lim tizimini uning dastlabki pog‘onasidan boshlab rivojlantirmasak, sezilarli natijalarga erisha olmaymiz”, – deydi “Daryo” kolumnisti, “Buyuk kelajak” ekspertlar kengashi a’zosi, Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professori Azamat Akbarov.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    O‘zbekistonda yaqinda boshlangan o‘zgarishlar tufayli hukumat universitetlar uchun akademik imkoniyatini oshirish va dunyoda nufuzini ko‘tarish uchun ko‘plab imkoniyatlar bermoqda. Hukumatning O‘zbekistonda chet mamlakatlar universitetlar filiallarini ochish tashabbusini qo‘llab-quvvatlayman, chunki bu holda davlat universitetlari orasida raqobatning rivojlanishi shubhasiz. Mamlakatimizdagi ilmiy daraja berish tizimi 2012 va 2017-yillarda keskin o‘zgartirildi. Ikkala holda ham o‘zgarishlar koordinatsiyasi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan amalga oshirildi. Yaqin orada OAK faoliyatiga o‘zgartirish kiritish imkonini beruvchi qaror loyihasi omma e’tiboriga havola etildi. Afsuski, xalqaro oliy ta’lim tizimidagi ilmiy daraja va unvonlar OAK ro‘yxatidan joy olmagan.

    Munozaraga sabab bo‘ladigan akademik darajalar va unvonlar

    Quyidagi akademik darajalar ro‘yxati dunyo universitetlari orasida o‘rnatilgan iyerarxik tartibni belgilaydi. Xalqaro tajribada oliydan keyingi ta’limda bir bosqichli doktorantura tizimi amal qiladi: bakalavr – magistr – fan doktori. Yuqori pog‘ona – falsafa doktori (PhD). Agar biz O‘zbekiston ta’lim tizimining jozibadorligini oshirishni maqsad qilib qo‘ysak, uni raqobatbardosh qilish, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish va qabul qilish jarayonini tezlashtirish va zamonaviy tizimlarga rioya qilishimiz kerak. O‘zbekistonda ikkita doktorlik darajasi bor: tayanch – falsafa doktori va oliy – fan doktori.

    2012-yilda OAK bir bosqichli doktorlik (bazaviy doktorantura, “nomzodlik”) tizimiga o‘tdi. 2017-yilda yana ikki bosqichli tizimga o‘tildi. Xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish uchun “fan nomzodi”ni “falsafa doktori”ga almashtirish bo‘ldi, ya’ni bu yerda nomdan boshqa hech narsa o‘zgarmadi. Ya’ni hozirgi tizimda talablar birmuncha kuchaytirilgan, nomlar yevropalashtirilgan xolos. Xalqaro amaliyotda fan nomzodi va falsafa doktori darajalari – bir-biriga mos kelmaydigan tushunchalar. Albatta, hozirgi tizim, 2012–2017-yilda amal qilgan bir tabaqali tizim mamlakatimiz ilm-fan rivojiga ko‘rsatgan katta salbiy oqibati sababligina undan yaxshiroq ko‘rinadi.

    Afsuski, 2012–2017-yili bir bosqichli doktorantura tizimini “ijod” qilganlar ishni boshlashgan-u, undan keyingi bosqich shartlarni amalga oshirishmay ishni chala tashlagan. Chalasavodlik bilan boshlangan islohot na sovet davri doktoranturasiga, na G‘arb doktoranturasiga o‘xshab qoldi.

    Quyidagi ro‘yxatlar butun dunyodagi zamonaviy universitetlarga xosdir, shuning uchun bizning universitetlarimiz zamonaviy dunyodagi o‘xshash chizmalarga amal qilishini taklif qilaman.

    Akademik daraja va unvonlar
    Shartlari
    1. Bakalavr – darajaOdatda 3-4 yil sarflanadi
    2. Magistr – darajaOdatda 1-2 yil sarflanadi
    3. PhD (Falsafa doktori) – darajaEng yuqori akademik daraja, kamida 3 yil vaqt sarflanadi
    4. Assistant Professor – akademik unvonPhD ilmiy unvonini olgach kafedra tomonidan nomzodi ko‘rsatilishi mumkin, albatta, bunda buning uchun kafedrada bo‘sh ish joyi bo‘lishi kerak. Ba’zi insonlarning PhD unvoni bo‘lsa-da, universitet ularning nomzodini Assistant Professor’ga qo‘ymagani sababidan faqat ma’ruzachi o‘qituvchi bo‘lib yurgani guvoh bo‘lganman, bu esa ularning maoshiga ham ta’sir qilishi mumkin edi. Ba’zi universitetlar ilmiy maqolalar chop qilingan bo‘lishini talab qilishi mumkin.
    5. Associate Professor – akademik unvonOdatda kamida 5 yil Assistant Professor bo‘lib ishlagandan keyin yuqori akademik yutuqlariga asoslanib nomzodlari qo‘yiladi. Universitetlar kamida 2-4 magistr talabalariga rahbarlik, kamida 6-8 SSCI, SCI va Scopus’da maqolalar, loyihalar, kitoblar chop etilganini so‘rashlari mumkin.
    6. Professor - akademik unvonEng yuqori akademik unvon. Odatda kamida 5 yil Associate Professor bo‘lib ishlagandan keyin yuqori akademik yutuqlariga asoslanib nomzodi qo‘yiladi. Universitetlar kamida 2-3 PhD talabalariga rahbarlik qilishni, kamida 10-20 SSCI, SCI va Scopus’da maqolalar, loyihalar, kitoblar chop etilganini so‘rashlari mumkin.
    Xizmat ko‘rsatgan, taqdirlangan yoki universitet professori – faxriy unvonlarUmuman, juda ham kam sonli muassasa shtatida bo‘lgan eng yuqori darajadagi, o‘z tadqiqot sohalarida xususan muhim professor va o‘qituvchilarga beriladi.
    Lekin hozirgi paytda bizda juda murakkab va sobiq sovet an’anasiga xos, juda ham ko‘p kelishmoqchilik keltirib chiqaradigan tizim mavjud. Tasavvur qiling, siz G‘arb mamlakatlaridan, Yaponiya, Koreya yoki AQShdan professorlarni taklif qilasiz. Minglab yuqori malakali vatandoshlar chet elda o‘qib, chet elda ishlayapti. Ularning orasida xorijda ilmiy tadqiqot o‘tkazayotganlar ham, nufuzli ilm dargohlarida o‘qituvchilik qilayotganlar ham bor. Ularga mos keladigan qaysi unvon yoki darajani berasiz? Ularga nisbatan o‘tmishdan qolgan iboralar ishlatamizmi? Oliy ta’lim tizimining jozibadorligi xalqarolashuv darajasi bilan isbot qilinadi. Qani integratsiya?

    OAK 2019-yil 4-aprel kuni, ikki tabaqali ilmiy daraja berishdan bir tabaqalikka o‘tish kerak degan fikrga qiziq fakt keltirilgan “Misol tariqasida, Angliya ta’lim vaziri Jastina Grinning intervyusini keltirish mumkin. Unga ko‘ra, bugungi kunda Angliyada umumiy o‘rta ta’lim sohasida islohotlar yakuniga yetkazilib, uning natijalariga ijobiy baho berilgan. Endi, jumladan, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ikki pog‘onali tizimini joriy etish yuzasidan fikr bildirilgan”, deyiladi. Holbuki, bu ma’lumot yolg‘ondir, texnologiyaning rivojlangan bir vaqtda buni tekshirish qiyin emas.

    Hozirgi vaqtda O‘zbekistondagi akademik darajalar va unvonlarni ko‘rib chiqaylik.

    Akademik darajalar va unvonlarShartlari
    Bakalavrlik - darajaOdatda 4 yil sarflanadi
    Magistrlik – darajaOdatda 2 yil sarflanadi
    PhD - darajaEng yuqori ilmiy daraja emas, chunki biz uni “tayanch doktorantura” deb atadik va bu aslida eski tizimning “aspirantura / fan nomzodi” darajasiga o‘xshaydi. Kamida uch ilmiy maqola, bittasi chet mamlakatda chop qilingan bo‘lishi lozim.
    Doctor of Science – DS (Fan doktori) – darajaEng yuqori ilmiy daraja (jahonda emas, faqat O‘zbekistonda). Fan doktori ilmiy darajasi uchun kunduzgi doktoranturada yoki mustaqil izlanuvchi bo‘lib tadqiqot ishini olib borishi mumkin. Sovet davri doktranturasiga o‘xshaydi. Chop qilingan ishlar uchun talab har qanday 10 jurnalda maqola chiqarish, to‘qqiztasi O‘zbekiston va bittasi chetda.
    Dotsent – ilmiy unvon, u lavozim ham bo‘lishi mumkin.
    Professor – ilmiy unvon
    Ikki jadvalni taqqoslab ko‘rib va yana bir marta universitetlarimiz dunyoning hech bo‘lmaganda yetakchi 4 500 ta universiteti ro‘yxatiga nega kirmaganini tushunish mumkin. Jahonning ming universiteti ro‘yxatida Qozog‘istonning to‘qqiz universiteti kiritilgan, va ularning to‘rttasi hatto eng yuqori 500 universitet safiga qo‘shilgan. Nufuzga ko‘ra al-Forobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti MDH davlatlari orasida Moskva davlat universitetidan keyin 2-o‘rinda (210) turadi. So‘nggi 70 yil davomida halokatli ziddiyat va urushdan aziyat chekayotgan Falastinning bitta universiteti jahonning eng yaxshi 800 universiteti qatorida. Xo‘sh, muammo nimada?

    Biz sifatga emas, jarayonga e’tibor qaratmoqdamiz. Tan olish kerak, ba’zi keksa yoshdagi, sobiq sovet davrida bilim olgan fan doktorlarimiz hanuzgacha o‘sha eski bilimlarini ushlab olgan. Shu bois yangilik va o‘zgacha qarashlarni olqishlashmaydi, nufuzli chet jurnallarida chiqishlar qilishga urinmaydi, ko‘plari chet tilini bilmaydi, rivojlangan davlatlar olimlari bilan ilmiy bahslarga kirishmaydi. Bizning ilmiy darajamizni to‘g‘ridan to‘g‘ri tan oladigan davlatlar sanoqlidir, mumkin MDH ichida 2-3 davlat bo‘lishi mumkin.

    Oliy ta’lim tizimiga kiritilgan yangiliklar natijalarini qachon ko‘ramiz?

    2018-yil 5-iyunda qabul qilingan “Ta’lim haqida” qonun prezident O‘zbekistonga ko‘proq chet ellik ekspert-olimlarni jalb qilish va xalqaro universitetlar bo‘limlarini ochishga e’tibor berayotganini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

    2019-yil 28-may kuni ilm-fan va oliy ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilishda prezident sohaga oid davlat dasturlarini shakllantirish va markazlashgan tartibda moliyalashtirish orqali ilm-fanni tubdan rivojlantirish, yuksak natijadorlikka yo‘naltirilgan ixtisosliklar bo‘yicha milliy laboratoriyalar tizimini yaratish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, xalqaro reytinglarda mamlakatimiz fani nufuzini ko‘tarish bo‘yicha topshiriqlar bergandi.

    Yaqin va uzoq istiqboldagi iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan mamlakatga qaysi soha uchun qanday mutaxassis kerak bo‘ladi, shuni hozirdan chuqur o‘ylash, zamon talabi, islohotlar shiddatiga mos kadrlarni tarbiyalash zarurati haqida xali ham ishlar amalga oshirilmagan. Xo‘sh, prezidentning ushbu qaror va topshiriqlarini amalga oshirish uchun vazirlik va rektorlarlaga yana qancha yig‘ilish va qo‘shimcha qarorlar kerak? Nahotki “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish shunchalik qiyin bo‘lsa? Prezident har bir masalaga markaziy e’tibor berib kelayotganini ko‘rib turibmiz va bir kun kelib bu masalani ham ko‘tarishi tabiiy, demak, shaxsan mamlakat prezidenti bu muammolarni o‘rtaga tashlamaguncha, nimani kutib turibmiz va nega ularni hal qilmayapmiz?

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin.

    21.06.2019, 17:31   Izoh (0)   51343
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Ukrainaga 3000 dan ortiq uzoqqa uchadigan raketalar beradi — WSJ

    Dunyo | 24 avgust, 23:21

    Shavkat Mirziyoyev Zelenskiy va Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan qutladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 22:56

    Isroil armiyasi Yaman poytaxtiga hujum qildi (video)

    Dunyo | 24 avgust, 22:13

    O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 21:44

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.