21-iyun, juma kuni Iroq poytaxti Bag‘doddagi masjidda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, terrorchi masjid ichiga kirib, o‘zini portlatib yuborgan.
Hodisa natijasida 10 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi tan jarohati oldi.
Odatda, juma kunlari masjidga ko‘pchilik tashrif buyurishi ma’lum.
Ayni paytda, xavfsizlik xizmati voqea joyini o‘rab olgan, hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)