“Ishtixon ovozi” gazetasida tumandagi Qaychili massivida joylashgan namunali uylar atrofi chiqindixonaga aylantirilgani haqidagi maqola chop etildi, deb yozadi “Zarnews”. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.
Ishtixon tumanining Qaychili massivida joylashgan namunali uylar atrofidagi “namunali” bo‘lmagan holatlar aks etgan.
Ajabo, bu hududda istiqomat qilayotgan aholi bunday holat nafaqat obodonchilikka dog‘, balki turli yuqumli kasalliklarga ham o‘choq bo‘lishini nahotki bilishmasa!?
Hali odamlar to‘liq ko‘chib chiqmasidan, atrof axlatxonaga aylanib, belgacha yetadigan begona o‘t bosib ketgan.
Ushbu uylar qurilib, foydalanishga topshirilganiga ko‘p vaqt bo‘lmadi. Ammo, yo‘l ostidan o‘tgan quvurning nosozligi tufayli oqib chiqayotgan ichimlik suvidan ko‘cha loy bo‘lib ketgan.
Izoh (0)