Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida vaqtincha ijarada yashagan 21 yoshli O‘.A. ismli ayolning jasadi 18-iyun kuni qotillik alomatlari bilan uyidan topildi, deb xabar berdi Zarnews.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni marhuma O‘.A.ning tanishi Mirzaobod tumani “Bog‘iston” mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan 26 yoshli A.I. rashk oqibatida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)