Toshkentning Uchtepa tumanida yashovchi 23 yoshli S.I. va rasmiy nikohsiz rafiqasi 26 yoshli G.T. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, 2018-yil 26-oktabr kuni dunyoga keltirgan o‘g‘lini, tanishi 27 yoshli S.I. ismli ayolga 9 000 dollarga sotayotganida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.
IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, voqea 2019-yil 17-iyun kuni sodir bo‘lgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)