Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Misr sobiq prezidenti Muhammad Mursi Qohiradagi sud majlisi chog‘ida vafot etgach, mamlakat hukumatini sudga bermoqchi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar qiladi.
“Mursi o‘z ajali bilan o‘lgani yo‘q, uni o‘ldirishdi. Misrning demokratik saylangan prezidenti 20 daqiqa sud zalida yotgan, hech kim unga yordam ko‘rsatmagan”, — dedi Erdo‘g‘on.
Uning ta’kidlashicha, Turkiya Mursining o‘limi mavzusini kuzatib boradi va ish xalqaro sudlarda ko‘rib chiqilishi uchun barcha choralarni qo‘llaydi.
Eslatib o‘tamiz, Muhammad Mursi Qohirada 17-iyun kuni sudda nutq so‘zlab bo‘lganidan keyin yurak xuruji oqibatida vafot etgan edi.
Izoh (0)