Malaysia Airlines aviakompaniyasining MH370 reysi ekipaj kompandiri Zaxariya Ahmad Shoh Boeing 777 halokatiga aloqador ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Tekshiruv ishlari davomida mutaxassislarning aniqlashicha, Shoh ikkinchi uchuvchini o‘ldirib, so‘ng 12 ming kilometr balandlikdagi samolyotda kislorodni o‘chirib qo‘ygan. Oqibatda Boeing 777 yo‘lovchilariga kislorod yetishmay, samolyot Hind okeaniga g‘arq bo‘lishidan oldin bo‘g‘ilib o‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, aviahalokat 2014-yilning 8-mart kechasi sodir bo‘lgan bo‘lib, Kuala-Lumpurdan Pekinga uchayotgan Boeing 777 samolyoti radardan yo‘qolib qolgan. Samolyot bortida 238 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Izoh (0)