Milliy geografik jamiyat va Nepalning Tribxuvana universiteti xalqaro ilmiy ekspeditsiyasi Everestda 5 ta meteostansiya o‘rnatdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ulardan biri dunyodagi eng yuqori manzilda — 8430 metr balandlikda joylashdi.
Shu paytgacha ham eng baland meteostansiya Everestda bo‘lgan va 8000 metr balandlikka o‘rnashgandi.
Meteostansiyalar harorat, namlik, bosim, shamol tezligi va yo‘nalishini qayd etadi. Ushbu ma’lumotlardan tadqiqotchilar, alpinistlar va barcha istovchilar real vaqt tartibida foydalanishi mumkin.
Izoh (0)