AQShning Illinoys shtati Chikago shahrida ikki opa-singillar o‘lim to‘shagida yotgan bemorni akasi deb o‘ylab, hayotni saqlab turuvchi qurilmadan uzishga ruxsat berdi, deb yozmoqda CBS Chicago portali.
Ma’lum bo‘lishicha, may oyi o‘rtalarida Ruzi Bruks (Rosie Brooks)ga kasalxonadan qo‘ng‘iroq qilib, uning akasi Alfonso Bennett (Alfonso Bennett)ning intensiv muolajalar bo‘limida yotgani aytilgan. Ayol singlisi Brenda Bennet-Jonson (Brenda Bennett-Johnson) bilan zudlik bilan kasalxonaga yetib boradi.
Bruksning so‘zlariga ko‘ra, bemor sun’iy nafas oldirish qurilmasiga ulangan bo‘lgan. Bemorning yuzi mushtlashuvda yomon bo‘lib ketgani uchun opa-singilllar unda akasini tanimagan. Ammo hamshiralar bir necha hafta avval topilgan erkak politsiyada Alfonso Bennett ekanligi aytilgan. U, bemorninng shaxsi faqat rasmiga qarab aniqlangani, “moliyaviy yetishmovchilik sababli” barmoq izlari olinmaganini qo‘shimcha qilgan.
Bennet o‘tmishi jinoyatlarga boy bo‘lib, o‘zining to‘rt nafar singillari bilan ko‘p ham gaplashmagan. Bruks va Bennet-Jonson bemorni akasi deb qabul qilib, hayotni ta’minlovchi qurilmadan o‘chirishga ruxsat bergan. Bir necha daqiqadan keyin erkak vafot etgan.
So‘ng boshqa bir singlisi qo‘ng‘iroq qilib, ularning akasi tirik ekani va “hozirgina uning uyiga kelganini” aytgan.
“Bo‘lib o‘tgan voqeadan afsusdaman. Agar u bizni akamiz bo‘lganida hammasi boshqacha bo‘lardi. Ammo biz oilamiz a’zosi bo‘lmagan odam uchun qaror chiqardik”, — degan Bennet-Jonson.
Vafot etgan bemordan axiyri barmoq izlari olinib, uning shaxsi o‘likxonada aniqlangan. Endi politsiya uning oila a’zolarini qidirmoqda.
Izoh (0)