Britaniyalik fuqaro EuroMillions lotereyasida 123 million funt-sterling (taxminan 156 million dollar) yutdi. “RBK”ning yozishicha, bu Birlashgan Qirollik tarixidagi lotereya orqali qo‘lga kiritilgan eng katta uchinchi jekpotdir.
Lotereya xodimlarining ma’lum qilishicha, g‘olib beshta asosiy raqam va ikkita qo‘shimcha raqamlarni to‘g‘ri topgan. Uning kimligi oshkor etilmagan.
EuroMillions lotereyasi Yevropaning bir necha mamlakatlarida 2004-yildan beri o‘tkaziladi. Uning qoidalariga ko‘ra, g‘olib ismi oshkor etilmasligi mumkin bo‘lib, rekord darajada jekpot yutib olgan aksariyat yevropaliklar shunday yo‘l tutadi.
Avvalroq Kaliforniyada 530 million dollar yutuqli lotereya chiptasi sotilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)