Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali chiqib ketayotgan fuqaro Ch.F. valyuta olib chiqishga oid tartiblarga rioya qilmadi. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu shaxs kiyimlari orasi va paypoqlari ichiga 11750 AQSh dollari hamda 170 ming qozoq tengesini yashirgancha olib o‘tishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Shuningdek, mazkur postda qo‘shni davlatga yo‘l olgan yana bir fuqaro — S.Sh. ham kiyimlari orasiga yashirgancha 7625 AQSh dollarini olib chiqishga uringani fosh bo‘ldi.
Izoh (0)