27 — 29-iyun kunlari “Yuksalish” umummilliy harakati qator jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Samarqand va Navoiy viloyatlarida jamoatchilik monitoringi tadbirlarini o‘tkazadi.
Hududlarda fuqarolar va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar, amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari yuzasidan aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar, shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan jamoatchilik monitoringi tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Jumladan, 2019-yil uchun Investitsiya dasturi hamda Harakatlar strategiyasining “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida nazarda tutilgan bandlar ijrosi o‘rganiladi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar jamoatchilik monitoringi tadbirlari Respublikaning 8 ta hududida o‘tkazildi.
Izoh (0)