O‘zbekistonda qidiruvdagi shaxs pasportining amal qilish muddati sud qarori bilan to‘xtatilishi mumkin. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qonunchilik palatasi deputatlari navbatdagi yalpi majlis davomida Jinoyat-protsessual kodeksiga bu haqdagi o‘zgartish kiritishni ko‘rib chiqib, birinchi o‘qishda ma’qulladi.
Deputatlarning fikricha, ushbu o‘zgartish ekstraditsiya qilishning imkoni bo‘lmagan qidiruvdagi shaxslarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligi prinsipi ta’minlaydi, shuningdek, ekstraditsiya qilish uchun davlat byudjetidan ketadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi.
Ta’kidlanishicha, bunday tajriba AQSh, Kanada, Germaniya, Fransiya, Norvegiya, Hindiston va boshqa ko‘plab davlatlarda ayblanuvchilarni suddan yashirinishini oldini olish maqsadida joriy etilgan.
Izoh (0)