Hukumat qarori bilan 2019–2028-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Strategiya doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydonlari mamlakat hududining 12 foiziga yetkaziladi;
Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonlashtirish ishlari olib boriladi va uning maydoni 1,2 mln gektarga yetkaziladi;
Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida jayronlar bosh soni 1000 ga yetkaziladi;
davlat qo‘riqxonalaridagi etalon ekotizimlarda bioxilma-xillik komponentlari uchun monitoring olib borishning markaziy bo‘g‘inli yagona tizimi ishlab chiqiladi;
zamonaviy geoaxborot texnologiyalari (GIS–texnologiyalar) asosida bioxilma-xillikning davlat monitoringi va davlat kadastri yagona axborot ma’lumotlar bazasi ishga tushiriladi;
har yili 2 mln gektar maydonda tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi o‘simliklar geobotanik tekshiruvdan o‘tkaziladi;
bioxilma-xillikni saqlab qolish masalalari iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga integratsiya qilinadi.
Izoh (0)