• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    520 tup mevali daraxti bir kechada kesib tashlangan farg‘onalik bog‘bonning zararini kim va qachon to‘laydi?

    “Daryo”ga Farg‘ona viloyati Beshariq tumani “Yangiqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 76-uyda yashovchi Rasuljon Omonov murojaat qilib, o‘z mablag‘i va mehnati evaziga barpo qilgan bog‘idagi 520 tup mevali daraxti bir kechada kesib tashlanganini, aybdor aniq bo‘lsa-da, shu kungacha yetkazilgan zarar qoplanmayotganini ma’lum qildi.

    Kesilgan daraxtlar (2019-yil 23-yanvarda olingan surat)

    Kesilgan daraxtlar (2019-yil 23-yanvarda olingan surat)
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri Beshariq tumanida bo‘lib, bog‘bonning murojaatini o‘rgandi.

    Rasuljon Omonov oila a’zolari bilan “Mazokirov Muhammadkarim” fermer xo‘jaligi yerlariga tutash bo‘lgan kollektor muhofaza hududida 2014–2015-yillar davomida bog‘ yaratgan. 12 kishidan iborat oila tashlandiq yerga ming tupdan ortiq shaftoli va xurmo daraxti ekib, qariyb besh yil davomida parvarishlab kelgan.

    2018-yil boshiga kelib tumandagi ko‘plab fermer xo‘jaliklari tugatilgan yoki yerlari qisqartirilgan. Shu jarayonda “Mazokirov Muhammadkarim” fermer xo‘jaligi yerlari ham tuman zaxirasiga olingan. 2018-yil 12-mart kuni T.Mazokirov MMTP hududida joylashgan tuman zaxirasidagi mazkur yer maydoni (Rasuljon Omonov tomonidan yaratilgan bog‘ shu yer maydoni yonida joylashgan) uchun tender tanlovi o‘tkazilgan.

    “Muharramxon Tojiyeva kelajagi” fermer xo‘jaligi rahbari Iqboljon Tojiyev ham tanlovda qatnashib, komissiya tomonidan tender g‘olibi deb topilgan. Tuman hokimining 2018-yil 24-mart kungi 633-sonli qaroriga asosan mazkur yer maydoni “Muharramxon Tojiyeva kelajagi” fermer xo‘jaligiga ijarada foydalanish uchun biriktirib berilgan.

    Shundan so‘ng “Muharramxon Tojiyeva kelajagi” fermer xo‘jaligi rahbari Iqboljon Tojiyev va bog‘bon Rasuljon Omonov o‘rtasida kelishmovchilik boshlanadi. Fermer xo‘jaligi rahbari bog‘ joylashgan yer maydoni o‘ziga qarashli ekanini aytib, Omonovlar oilasining bog‘dan foydalanishiga to‘sqinlik qila boshlagan.

    — O‘tgan yil tumanda eski fermerlarning ko‘pi tugatilib, yerlari boshqa fermer xo‘jaliklariga qo‘shib yuborildi. Bog‘imiz yonidagi yerlar Iqboljon Tojiyevga qarashli fermer xo‘jaligiga berilgach, u bizni boqqa kirgizmay qo‘ydi. Bu bog‘ menga qarashli, bu yerlarga tut ekaman, deb bizga qarshilik ko‘rsatdi. Meni, ayolimni, ota-onamni ham haqorat qildi, istagan joyingga bor, bu yerni hokim menga bergan, dedi.

    Aslida bu hokimiyat tasarrufidagi yer emas, zovur yonida bo‘lgani uchun Meliorativ ekspeditsiyaning yeri. Meliorativ ekspeditsiya bilan bizning shartnomamiz bor edi.

    2018-yilning 15-may kuni shu masalada yordam so‘rab Prezident virtual qabulxonasiga murojaat qildim. Murojaatimni o‘rganish uchun 29-may kuni tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari D.O‘rinov boshchiligida ishchi guruh keldi.

    Ishchi guruhga Iqboljon Tojiyev bularning bog‘dan foydalanishlariga hech qanday e’tirozim yo‘q, deb tushuntirish xati yozib berdi. Fermer bilan kelishib olganimiz haqida dalolatnoma tuzildi, — dedi bog‘bonning o‘g‘li Sharifjon Omonov.

    Sharifjon Omonov.

    Sharifjon Omonov.
    Foto: “Daryo”

    Haqiqatan ham, o‘rganish yakunida ishchi guruh rahbari D.O‘rinov mazkur shikoyat yuzasidan viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevga bog‘ joylashgan yerning fermer xo‘jaligiga tegishli emasligi haqida ma’lumot bergan:

    “O‘rganish davomida murojaatchi R. Omonov tomonidan ekilgan mevali daraxtlar yer maydoni haqiqatan ham zovur muhofaza maydoni bo‘lib, “Muharramxon Tojiyeva kelajagi” fermer xo‘jaligi foydalanishida emasligi aniqlandi.

    “Muharramxon Tojiyeva kelajagi” fermer xo‘jaligi rahbari I. Tojiyev ushbu yer maydoniga kirish hamda foydalanishda R. Omonovga nisbatan hech qanday e’tirozi yo‘qligini ma’lum qildi.”

    — Lekin baribir o‘zgarish bo‘lmadi, o‘zimizning bog‘imizga o‘zimiz bemalol kirib-chiqa olmadik. Shundan keyin yer aslida kimga tegishli ekanini bilish maqsadida Meliorativ ekspeditsiyaga murojaat qildim. 29-avgust kuni Meliorativ ekspeditsiya boshlig‘i I.Mamajonovdan javob xati oldim. Unda “Sizning arizangiz ekspeditsiya mutaxassislari tomonidan joyida o‘rganib chiqildi. Siz tomoningizdan so‘ralgan “KD-1” kollektori qirg‘oq bo‘yi mintaqasidagi yer maydonidan 2018-yilda shartnoma asosida foydalanishga ruxsat etiladi”, deyilgan. Lekin, fermer bog‘imizning birinchi yil hosilidan bizga bermadi, — dedi bog‘bonning o‘g‘li Sharifjon Omonov.

    Farg‘ona viloyati yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Rasuljon Omonov foydalanib kelgan yer maydoni Beshariq tumani “Yangiqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo–So‘x irrigatsiya havza boshqarmasi qoshidagi Meliorativ ekspeditsiya tasarrufidagi KD-1 kollektori qirg‘oq bo‘yi mintaqasida joylashgan.

    Mazkur kollektorning 1100 metr qismi, ya’ni 0,70 gektar yer maydoni 2018-yil 29-mart kungi 180-sonli shartnomaga asosan Sirdaryo-So‘x irrigatsiya havza boshqarmasi qoshidagi Meliorativ ekspeditsiyasi tomonidan Rasuljon Omonovga xurmo va shaftoli daraxtlari orasida mosh va loviya yetishtirish uchun yil oxiriga qadar vaqtincha foydalanish uchun berilgan. Rasuljon Omonov shartnomaga asosan belgilangan tartibda to‘lovni amalga oshirgan. Biroq, bog‘dan olingan hosilni tasarruf eta olmagan.

    Rasuljon Omonov.

    Rasuljon Omonov.
    Foto: “Daryo”

    — Bu yer zovur yoqasidagi tashlandiq, o‘ydim-chuqur joy edi. Paxta-g‘alla maydoni emas. 2015-yilda “Mazokirov Muhammadkarim” fermer xo‘jaligi rahbari M. Ergashev bilan og‘zaki kelishib, shu yerdan foydalanishni boshladik. Unumdor tuproq tashib kelib, qattiq mehnat qilib bu yerni obod qildik. Ming tupga yaqin shaftoli va xurmo ekdik. O‘g‘illarim Qozog‘istonda, Qirg‘izistonda ishlab, pul jo‘natib turdi. Shu pullar evaziga tashlandiq yerda bog‘ yaratdik. Oilamizdagi 12 jon salkam besh yil mehnat qildik. Daraxtlar hosilga kirishi bilan fermer bizni urib, so‘kib, boqqa kirgizmay qo‘ydi. Ko‘chatlar hosilga kirganda egasi chiqib qoldi.

    Shu yil 23-yanvar kuni daraxtlarga shakl berish maqsadida turmush o‘rtog‘im Mehrinisa Omonova, o‘g‘lim Ma’ruf Omonov bilan boqqa bordik. Qarasam, shaftoli va xurmo daraxtlari kesilib yotibdi. Sanab chiqsam, 320 tup shaftoli, 200 tup xurmo kesilibdi. Bu haqda Ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qildik. Keyin sud bo‘ldi. Lekin hech kim biz ko‘rgan zararni qoplab bermayapti”, — deydi bog‘bon Rasuljon Omonov.

    Kesilgan daraxtlar (2019-yil 23-yanvarda olingan surat)

    Kesilgan daraxtlar (2019-yil 23-yanvarda olingan surat)
    Foto: “Daryo”

    Sharifjon Omonovning fikricha, fermer xo‘jaligi rahbari uning bog‘ini tuman hokimining buyrug‘i bilan kestirib tashlagan. Tuman hokimining o‘rinbosari bu fikrni inkor qilib, mazkur muammo ikki fuqaro o‘rtasidagi kelishmovchilik ekanini, tuman hokimligining bu ishga aloqasi yo‘qligini, bu nizoni sud orqali hal etish mumkinligini aytdi.

    Fermer xo‘jaligi rahbari va bog‘bon o‘rtasidagi nizo Beshariq tuman ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqildi. Sud hukmida Iqboljon Tojiyev tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani, ya’ni Rasuljon Omonovning 520 tup mevali daraxti fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan noqonuniy tarzda kesib yuborilgani to‘liq o‘z tasdig‘ini topgani qayd etilgan. Sud hukmi bilan Iqboljon Tojiyevga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga ko‘ra eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

    “Muharramxon Tojiyeva kelajagi” fermer xo‘jaligi rahbari Iqboljon Tojiyev sud jarayonida quyidagi mazmunda ko‘rsatuv bergan:

    “2018-yilning mart oyida tugatilgan fermerning 35,2 gektar yerini menga qo‘shib berishdi. Bu haqida tuman hokimining qarori bor. Lekin bog‘ joylashgan yer Rasuljon Omonovga tegishli ekani haqida birorta hujjat yo‘q. O‘tgan yili hokimiyatdan 8 quti ipak qurti boqib bering, deyishdi. Bilasiz, ipak qurti tut bargini iste’mol qiladi. Bular erta bahorda mevali daraxtlariga kimyoviy ishlov berishadi. Bu tut daraxtlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Shunga 22-yanvar kuni soat 17:00 da o‘zimga tegishli motor arra bilan Rasuljon Omonov tomonidan ekilgan ko‘chatlardan taxminan 400 donasini kesib tashladim.”

    Kesilgan daraxtlar (2019-yil 23-yanvarda olingan surat)

    Kesilgan daraxtlar (2019-yil 23-yanvarda olingan surat)
    Foto: “Daryo”

    Lekin bu hukmdan Rasuljon Omonov qoniqmayapti. Uning fikricha, huquqbuzarga nisbatan yengil jazo tayinlangan va ular ko‘rgan zarar haligacha qoplanmagan.

    — Qo‘qon davlat o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari kelib, vaziyatni o‘rganmasdan 520 tup mevaga kirgan daraxtni 10 million 501 ming so‘mga baholab beribdi. Bu pulga bozordan shuncha ko‘chat olib bo‘ladimi? 500 tup ko‘chat kamida 40 million so‘m turadi. Shuncha yillik mehnatimiz-chi? Ko‘rgan moddiy va ma’naviy zararimizni kim qoplab beradi? — deydi Rasuljon Omonov.

    Biz ham tuman hokimligi, sektor rahbari va mutasaddilarga savol bilan murojaat qilmoqchimiz: 520 tup mevali daraxti bir kechada kesib tashlangan bog‘bonning zararini kim va qachon to‘laydi?

    “Daryo” bu mavzuga yana qaytadi.

    13.06.2019, 17:43   Izoh (0)   34855
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Mening fikrim” portalida ovoz to‘plagan murojaatga javoban, Shahrisabzda 2 ta OTMning filiali tashkil etildi

    13.06.2019, 17:32

    O‘zbekistonda havoning isish sur’atlari global miqyosdan ikki barobar yuqoriroq ekanligi ma’lum qilindi

    13.06.2019, 17:30

    Penzada osh sammiti o‘tkazilmoqda (foto va video)

    13.06.2019, 17:14

    O‘zbekiston bo‘ylab prezident maktablariga 15 000 dan ortiq talabgor hujjat topshirdi

    13.06.2019, 16:51

    Oqdaryo tumani hokimining Captiva rusumli xizmat avtomobiliga “migalka” o‘rnatilgani uchun jarima belgilandi

    13.06.2019, 16:25

    Hurriyat: Viloyatlarga qatnaydigan shaxsiy avtomobil egalarining harakatlanishini tartibga solish vaqti kelmadimi?

    13.06.2019, 16:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Har bir bola o‘zini himoya ostida, e’tibor va mehr-muhabbat qamrovida his etsin” — Shahnoza Mirziyoyeva

    O‘zbekiston | 23 may, 16:46

    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda

    Reklama | 23 may, 16:30

    Kartoshkani po‘stlog‘i bilan yeyish mumkinmi?

    Layfstayl | 23 may, 16:40

    Modrich “Barselona” sobiq futbolchilari bilan bir jamoada o‘ynashi mumkin

    Sport | 23 may, 16:32

    Gepatitni tabobat yo‘li bilan davolash mumkinmi? Mutaxassis tushuntirish berdi

    Salomatlik | 23 may, 16:25

    O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 23 may, 16:11

    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda

    Reklama | 23 may, 15:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.