Buxoroning G‘ijduvon tumanida yashovchi 59 yoshli R.N. boshqaruvidagi “Kamaz” yuk mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portladi.
IIV xabariga ko‘ra, hodisa 10-iyun kuni soat taxminan 05:40 da, yuk mashinasi “Zarangari” mahalla fuqarolar yig‘ini Urganji qishlog‘i hududida o‘tib ketayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida yuk mashinasining salon qismi yonib, zarar ko‘rgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Jarohat olganlar yo‘q. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)