Buxoroning Kogon tumanidagi “Xo‘ja Bahouddin Naqshband” ziyoratgohida joylashgan qurigan tut daraxti olib tashlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasining Buxoro viloyati vakilligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, qurigan daraxt idora raisi, muftiy Usmonxon Alimovning 7-maydagi “Daraxt va tosh kabilarni muqaddas deb bilishning shirkligi to‘g‘risida”gi fatvosiga asosan olib tashlangan va Naqshband majmuasidagi muzeyga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu daraxt atrofida aylanish va boshqa amallar shirk ekani bir necha bor aytilgan va ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi.
Izoh (0)