Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi balandligi 375 metr bo‘lgan Toshkent teleminorasini chaqmoq urgani bo‘yicha 6-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan axborot va chaqmoq urishi jarayoni aks etgan fotosurat bo‘yicha munosabat bildirdi.
Markaz rasmiylarining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Toshkentdagi noqulay ob-havo sharoiti vaqtida teleminoraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqmoq urish hodisasi sodir bo‘lmagan.
Qayd etilishicha, Toshkent teleminorasida Radioteleuzatish markazi faoliyat yuritayotgan bo‘lib, bugungi kunda barcha texnik qurilmalar barqaror ishlamoqda va aholiga raqamli teleradiodasturlar uzluksiz tarqatib kelinmoqda.
“Respublikamizning noyob arxitektura inshooti bo‘lmish Toshkent teleminorasi kuchli chaqmoq urishiga qarshi himoya tizimi va yerga ulanish konturlari bilan ta’minlangan. Shu sababli chaqmoq urgan taqdirda ham, hech qanday xavf va xavotirga asos yo‘q”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)