Boltiqbo‘yi akvatoriyasida 9-iyundan NATOga a’zo 18 mamlakat va blok sheriklari bo‘lgan davlatlarning kemalari ishtirokida an’anaviy Baltops harbiy-dengiz mashgulotlari boshlandi. Bu haqda “Liga Novosti” xabar berdi.
Alyans ma’lumotlariga ko‘ra, 21-iyunga qadar davom etuvchi mashg‘ulotlarga 50 ta suv usti va suvosti kemalari, 40 ta samolyot va vertolyot hamda 8,6 ming nafar harbiy jalb etilgan.
“Boltiq dengizi NATO uchun muhim strategik ahamiyatga ega. Baltops 47 yil davomida o‘tkazib kelinmoqda va mashg‘ulotlar hech kimga qarshi qaratilmagan. Biroq Rossiya Qrimni noqonuniy tarzda o‘z tarkibiga qo‘shib olgach, mintaqadagi xavfsizlik darajasi yomonlashdi”, — deb ta’kidlagan NATO matbuot kotibi Oana Lungesku.
Harbiy mashqlar Mount Whitney Amerika shtab kemasidan yaqinda tashkil etilgan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikkinchi operativ floti qo‘mondonligida o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)