Nur-Sulton va Olmaotada 9-iyun, yakshanba kuni ruxsat berilmagan mitinglarda ishtirok etganlik uchun qo‘lga olinganlar soni 500 kishi atrofida bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Marat Kojayev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Uning aytishicha, ikki shahar ko‘chalarida “vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlar” bo‘lgan. Politsiyachilarning harakatlariga izoh berar ekan, “barcha tadbirlar qonun talablari asosida amalga oshirilgani”ni ta’kidlagan.
Nur-Sulton va Olmaotadagi aksiyalar ishtirokchilari prezidentlik saylovlarini boykot qilishga chaqirgan.
Izoh (0)