AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi jahon iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga putur yetkazmasa, Brexit’ni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. “Korrespondent.net” xabar berishicha, bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qilgan.
“Prezident Tramp, agarda Brexit Buyuk Britaniya mustaqilligini ta’minlagan holda jahon iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga putur yetkazmagan holda amalga oshirilsa, uni qo‘llab-quvvatlaydi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Vashington Brexit bo‘yicha har qanday natijalarga tayyorlanmoqda.
Izoh (0)