Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Bahromjon Nurmatov boshchiligidagi delegatsiya Italiyada bo‘lib qaytdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Safardan ko‘zlangan maqsad Italiyaning ochiq osmon ostida arxeologiya muzeylari va ular hududida ommaviy tadbirlar o‘tkazish borasidagi tajribani o‘rganiish, kelgusida Axsikent arxeologik majmuasi loyihasi bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlash bo‘ldi.
Delegatsiya a’zolari Italiya madaniy meros vazirligi, Rim meriyasi, poytaxt “Sapiyensa” universiteti, Osiyo va Afrika O‘rta yer dengizi instituti, Sivita fondi va qator kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Delegatsiya Rim forumi, Kolizey, Milliy muzey, “Ostiya Antika” porti kabi mashhur madaniy-tarixiy obyektlar, restavratsiya va konservatsiya institutlarida bo‘ldi. Qadimgi Rim davriga sayohat uyushtiriladigan 3D formatdagi “Yuliy Sezar forumi” multimediali tarixiy shousida ishtirok etdi.
Muzokaralar yakunida Axsikent loyihasini rivojlantirish borasida hamkorlikni chuqurlashtirish, ilmiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Izoh (0)