• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Germaniya prezidenti Xorazmning qadimiy obidalari bilan tanishdi (foto)

    Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rafiqasi hamrohligida Xiva shahrining tarixiy markazi – “Ichan qal’a”ga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Qadimiy majmua ko‘p asrlik tarixga ega. Bu yerdagi dunyo me’morligining noyob an’analarini o‘zida aks ettirgan ko‘plab obidalar shaharning asriy rivojlanish tarixidan hikoya qiladi.
    Mehmonlar Ko‘hna ark, Pahlavon Mahmud majmualari, Qozi Kalon madrasasi, Kalta minor yodgorligi va boshqa diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Me’moriy yechimiga ko‘ra o‘ziga xos Muhammad Aminxon madrasasi va uning peshtoqida qad rostlagan, qurib bitkazilmay qolgan bo‘lsa-da, shoirlar baytlarida “Falak ayvoniga qo‘yilgan ustun” deya ta’riflangan minora tarixi, binoning ulug‘vorligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
    Muhammad Aminxon minorasi o‘ziga xos usulda, quyosh nurlari tushushi va botishi hisobga olingan holda qurilgani bois koshinlardagi ranglar o‘zgarmaydi. Ko‘k, yashil, niliy ranglar uyg‘unligidan samarali foydalanilgan minora inson ko‘z o‘ngida yorqin va serjilo ranglarda namoyon bo‘ladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Xiva asrlar osha nafaqat savdo-sotiq, balki madaniyatlar va dinlararo bag‘rikenglik markazi ham bo‘lib kelgan. Buni XIX asr Xorazm tarixidan munosib o‘rin olgan nemis mennonitlari turmush tarzi, ularning mahalliy aholi bilan tinch-totuv kechirgan hayoti ham tasdiqlaydi.
    Taqdir taqozosi bilan Turkiston o‘lkasiga kelib qolgan nemis mennonitlari Xorazmda qo‘nim topadi. Ular yashagan Oqmachitdagi Yevropa tipidagi nemis shaharchasi hunarmandlik va savdo-sotiq markazi sifatida ravnaq topdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Ushbu tarixiy aloqalar va xotiralar bugun “Ichan qal’a” hududida tashkil etilgan muzey misolida xorazmliklar xotirasida saqlanmoqda.
    Germaniya delegatsiyasi “Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida tashkil etilgan “Oqmasjidlik mennonitlar” muzeyida ham bo‘lib, majmuaning yaratilish tarixi bilan tanishdi.
    Mehmonlarga XIX asrning 90-yillarida Xiva xonligi hududida yashab o‘tgan nemis mennonitlari turmush tarzi va xonlik hayotidagi ishtiroki haqida so‘zlab berildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Xiva tarixiy obidalaridagi aksariyat naqshlar bir-birini takrorlamaydi. Yagona kompozitsiya hosil qilgan tasvirlar necha ming yillik tarixga ega ko‘hna kentda qaror topgan xalqlararo birodarlik, yagona oila va umumiy kelajak qurishdek ezgu intilishlarni aks ettiradi.
    Mohir usta va duradgor nemis mennonitlari ham shahardagi ana shunday bunyodkorlik ishlariga katta hissa qo‘shgan. Xivaga ko‘chib kelgan nemis xo‘jaliklarining shahardagi Qo‘sha darvoza, yevropa uslubi bilan mahalliy arxitekturaning uyg‘unlashib ketishi natijasida bunyod etilgan pochta-telegraf, kasalxona, Qibla Tozabog‘ va Isfandiyorxonning rasmiy qabulxonasi qurilishida faol ishtirok etgani tarixiy hujjatlarda bitilgan.
    Muzeydan joy olgan eksponatlar Xiva xonligida qisqa davr yashab, xivaliklar qalbida yaxshi taassurot qoldirgan nemis mennonitlari tarixi, ularning mohir hunarmandligi va chin insoniy xislatlari, boshqa din vakillarining qardoshligi mavzulari haqida hikoya qiladi.
    – O‘zbekiston betakror diyor. Qadim Xiva misolida bu zaminning asriy urf-odatlari, mehmondo‘st xalqi haqida yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ldik. Nemis mennonitlarining bu yerda hayot kechirishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida so‘zlab berishdi. O‘sha kezlarda turli millat, din va hayot tarziga ega insonlarning totuvlikda hayot kechirgani bugungi kunda ham xalqlarimiz tabiatida ustun bo‘lgan birodarlik fazilatining yorqin misolidir, – dedi Frank-Valter Shtaynmayer.

    29.05.2019, 19:17   Izoh (0)   43807
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentlik 80 yoshli otaxon propiskasi Shayxontohurdan Olmazorga o‘zgargani sababli 5 yildan beri haj safariga borolmayapti

    29.05.2019, 19:04

    Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali tashkil etildi

    29.05.2019, 18:51

    Qashqadaryo pillakorlari qariyb 2 ming tonna pilla tayyorlab, yillik shartnomani bajardi

    29.05.2019, 18:37

    30-may kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

    29.05.2019, 18:25

    Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari: “Biz soqol qo‘yishni turk seriallari, kinolaridan o‘rgandik”

    29.05.2019, 17:43

    Samarqandda bir oilaning besh a’zosi o‘ldirilishi sabablari IIV tomonidan o‘rganilmoqda, kamchilikka yo‘l qo‘ygan xodimlar jazolanadi

    29.05.2019, 17:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.