• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentlik 80 yoshli otaxon propiskasi Shayxontohurdan Olmazorga o‘zgargani sababli 5 yildan beri haj safariga borolmayapti

    Mehnat faxriysi, yoshi 80 dan oshgan Abdukarim Azlarxo‘jayev 2014-yilning yanvar oyida hajga borishni niyat qilib, o‘zi yashaydigan Shayxontohur tumanining shu nomli mahallasiga ariza beradi. Ikki yil o‘tgandan so‘ng Olmazor tumaniga, nabirasining oilasiga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda “Daryo”ga jurnalist Rahimjon Sultonov ma’lum qildi.

    Abdukarim Azlarxo‘jayev.

    Abdukarim Azlarxo‘jayev.
    Foto: Rahimjon Sultonov

    Otaxon shu masalada o‘sha yerdagi “Shifokorlar” mahallasiga murojaat qilsalar, u yerdagi mahalla raisi “Qoidaga ko‘ra, navbatda turgan mahallangizdan hajga borasiz” deb, uning ismi-sharifini tegishli ro‘yxat daftariga kiritmaydi.

    Abdukarim aka avvalgi, ya’ni “Shayxontohur” mahallasiga kelib murojaat qilsa, mahalla raisi Nig‘mat Rahimjonov “Men qanday Sizni hajga yuboraman, propiskangiz Olmazorda tumanida-ku, axir!” deb gapni qisqa qiladi.

    Foto: Rahimjon Sultonov

    Shu yil mart oyida mutasaddilarning bu hatti-harakatlaridan ajablanib, “nahotki masalaning yechimi bo‘lmasa?” deb Abdukarim akani olib, O‘zbekiston musulmonlari idorasiga bordim. U yerga borsak, idora mutasaddilari bilan uchrashadiganlar ko‘p ekan.

    Navbatimiz kelganda, “bizni, nima gap, nimani xohlaysizlar” deb, idora qorovuli suhbatga tortdi. Dardimizni aytsak, qorovul yigit “haj safariga borish bilan bog‘liq barcha masalalar hozir mahallalarga va uning yuqori tashkiloti — hokimiyatlarga berilgan”, deb bironta xodim oldiga kirishimizga imkon bermadi.

    Noiloj Olmazor tumani hokimligiga bordik. U yerda bizni qarshi olgan ichki ishlar xodimi “Sizlar bu masala bilan mahalla raisiga murojaat qilinglar” dedi. “Mahalla qo‘mitasi bu masalani hal qilmayapti” deganimizdan keyin hokimlik hovlisida joylashgan, mahallalar bilan ishlaydigan bo‘limga yo‘l ko‘rsatdi.

    U Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarni bo‘yicha tuman faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi ekan. Mutasaddilardan hech kim yo‘q, kotiba xonim “yaxshisi, ariza yozinglar”, deb maslahat berdi.

    Aprel oyida Abdukarim aka Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi J.Akromov va Toshkent shahar hokimi J. Ortiqxo‘jayevga ariza yo‘lladi. U kishida Prezident virtual qabulxonasiga murojaat qilish uchun akkaunt bo‘lmagani sababli arizalarni men jo‘natdim.

    Ko‘p o‘tmay shu idoralardan menga qo‘ng‘iroqlar boshlandi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi “bizlar yakka xojilar bilan shug‘ullanmaymiz, mahallangizga murojaat qiling, shunday bo‘lsa ham Sizga javob xati yuboramiz, shunga amal qiling”, deb gapni yakunladi.

    Birozdan keyin Diniy qo‘mitadan javob xati ham keldi. Unda ta’kidlanishicha, “Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ‘Mahalla’ jamg‘armasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda mutasaddi vazirlik va idoralar hamkorlikda haj va umra ziyoratlariga borish istagida bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatini xolisona va ijtimoiy adolat mezonlari asosida shakllantiradi hamda muqaddas haj ziyoratni tashkil kilishda belgilangan tartibga qatiy amal qiladi”.

    Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyundagi 364-sonli qarorining 4-bandida “Haj va Umra tadbirlariga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning doimiy yashash joyi o‘zgargan taqdirda, ulariing avvalgi manzili bo‘yicha navbati saqlanib qolishi belgilab qo‘yilsin” degan tahririga muvofiq haj ziyoratiga boruvchilar ro‘yxati shakllanadi.

    Ko‘rib turibsizki, qog‘ozda bir gap, amalda esa boshqa.

    O‘sha kezda Abdukarim akaga Olmazor tumani Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlarni bo‘yicha tuman faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi boshqaruv raisining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, o‘zini Samug‘ Hikmatov deb tanishtirgan kishi telefon qilib, bizlarni shanba kuni idoraga taklif qildi.

    Ochig‘ini aytsam, oldiniga juda ham quvonib ketdik. “Mana, nihoyat, masala hal bo‘ladi, tayyorgarlik ko‘ravering”, deb Abdukaarim akani tabrikladim ham. Idoraga taklif qilingan vaqtdan oldinroq kelib, Samug‘ akani ancha kutib turdik. Aytilgan vaqtdan bir soat o‘tgandan keyin kabinet egasi yetib keldi.

    Salom-alikdan keyin, Abdukarim aka yozgan arizalarni, shu bilan birga, me’yoriy hujjatlarni olib, birma-bir bizlarga o‘qib berdi. Uning gap-so‘zlaridan bizning masalamiz mutlaqo hal bo‘lmasligi oydinlasha boshladi.

    Shundan keyin Samug‘ aka bir varaq qog‘ozni Abdukarim akaning qo‘liga tutqazib, “Boshqa arzim yo‘q deb yozib berasiz”, dedi. “Masala hal bo‘lmagan bo‘lsa, nega yozib beramiz?!” deb taajjublanib, ariza yozmasdan xayrlashdik.

    Shu voqeadan ko‘p o‘tmay Olmazor tuman hokimidan javob xat keldi. Eng qiziqarligi joyi shundaki, bu javob xatida qayoqdandir fuqaro G.Zoidova familiyasi paydo bo‘ldi. Shundan ayon bo‘ldiki, shunga o‘xshagan xatlarning matni tayyor, ularni hammasi nusxa ko‘chirilgan holda arizachilarga yuborilmoqda.

    Foto: Rahimjon Sultonov

    Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Alimardon Qarshiyev kotibiyatida Alisher degan yigitcha Abdukarim akani hokimlik rhbariyatiga qabulga yozdi. Lekin u yerdan hozirgacha hech qanday darak yo‘q.

    O‘rinli savol tug‘iladi: poytaxtda yashab, besh yildan beri Haj safariga borolmayotgan 80 yoshli otaxon dodini kimga aytsin? Qolaversa, boshqalar, minglab yurtdoshlar haj safariga qanday tartibda boryapti? Prezidentning Haj safari masalalariga doir qaror va farmoyishlarida qator davlat va jamoat tashkilotlari ko‘rsatilgan. Lekin ularning birontasida bu masalani hal qilib bo‘lmasa, bu nima degan gap?

    Toshkentda idorama-idora sarson bo‘lib yurganimizda qo‘shni mamlakatda tijorat ishlari bilan shug‘ullanadigan bir do‘stimiz, “kelinglar, Abdukarim akani Chimkent orqali hajga jo‘nataman, faqat pasportingizni bersangiz bo‘ldi”, deb qoldi. Abdukarim aka esa “Yo‘q, Xudo o‘zi chaqirsa, albatta o‘z yurtimdan hajga borib kelaman”, deb bu taklifni rad etdi.

    29.05.2019, 19:04   Izoh (0)   18362
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali tashkil etildi

    29.05.2019, 18:51

    Qashqadaryo pillakorlari qariyb 2 ming tonna pilla tayyorlab, yillik shartnomani bajardi

    29.05.2019, 18:37

    30-may kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

    29.05.2019, 18:25

    Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari: “Biz soqol qo‘yishni turk seriallari, kinolaridan o‘rgandik”

    29.05.2019, 17:43

    Samarqandda bir oilaning besh a’zosi o‘ldirilishi sabablari IIV tomonidan o‘rganilmoqda, kamchilikka yo‘l qo‘ygan xodimlar jazolanadi

    29.05.2019, 17:25

    Muftiy Usmonxon Alimov Toshkent viloyatida Qur’on xatmonasida ishtirok etdi

    29.05.2019, 16:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.