• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bo‘kada ekin dalasi haydab tashlandi

    O‘zAga Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidan bir guruh dehqonlar kelib, 7 gektarda parvarishlanayotgan pista, yeryong‘oq va tarvuz tuman hokimligi, prokuraturasi va ichki ishlar organlari mas’ullari tomonidan buzib tashlangani, dalaning qolgan qismidagi ekinlar ham buzilish arafasida ekani va bu ishlar oqibatida o‘nlab oilaning hayoti izdan chiqib ketishi mumkinligi yuzasidan murojaat qildi. Agentlik muxbirlari Bo‘ka tumanining O.Yo‘ldoshev fermerlar uyushmasi hududidagi mazkur dalada bo‘lib, dehqonlar bilan suhbatlashdi hamda vaziyatni o‘rgandi.

    Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Yerni yer qilgan biz-u, egalari boshqalar

    Dehqonlarning ekinlari haydalish jarayoni ekin parvarishlanayotgan yer maydoni va unga egalik huquqi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun dastavval dala masalasiga oydinlik kiritsak.

    “2016-yilda 30 gektarlik mana shu dalani olib, sabzavotchilikka ixtisoslashgan “Shabada nur omad“ mas’uliyati cheklangan jamiyatini tashkil etdik. Suratlarda ko‘rib turganingiz kabi ushbu chakalakzorni yer qilguncha ancha ter to‘kishga to‘g‘ri keldi. Dastavval, suvsizlik sabab tashlandiq holga kelib qolgan dalaga suv olib kelish chorasini ko‘rdik. Buning uchun qo‘shni Oqqo‘rg‘on tumanining Qayirma qishlog‘idan dalagacha bo‘lgan 3,5 kilometr masofaga elektr tarmog‘i tortib keldik. Transformator va suv chiqarish uchun nasos o‘rnatdik. Dalani ajriq va o‘tlardan tozalash uchun yuzlab ishchilar ishlatdik. Bu yerni foydalansa bo‘ladigan yer holatiga keltirguncha o‘sha paytlarda 200 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladik. Xullas, yerni yer qilgan bizu, egalari boshqalar”, – deydi MChJ rahbari Sunnat Shertoyev.

    “Shabada nur omad“ MChJga qarashli bo‘lgan ushbu yer maydoni joriy yil yanvar oyida o‘tkazilgan optimallashtirish jarayonida tuman hokimligi zaxira fondiga olinib, “Bo‘ka shirin-sut“ fermer xo‘jaligiga chorvabop ozuqa – beda, makkajo‘xori kabi ekinlar yetishtirish uchun berilgan. Lekin chorvachilikka ixtisoslashgan “Bo‘ka shirin-sut” fermer xo‘jaligi rahbari mazkur yerga egalik qilishdan bosh tortib, tuman hokimi nomiga mazkur yer maydonini hokimlik zaxira fondiga olishni so‘rab, ariza yozgan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Xo‘sh, nega? Ushbu savolga javob berishdan avval “Shabada nur omad“ MChJga qarashli yerning qanday qilib optimallashtirishga tushib qolganiga izoh kiritsak.

    “Loyiha bo‘yicha ‘Shabada nur omad’ MChJ 2017-yilning 3-choragida 130 ming dollarlik 600 tonna gulkaram eksport qilishi kerak edi. Buning o‘rniga yerni dehqonlarga sotib keldi. Aynan mana shu sabab, ya’ni yerdan samarasiz va maqsadsiz foydalangani uchun MChJ yeri zaxiraga olinib, chorvachilikni rivojlantirish uchun ushbu yo‘nalishdagi fermer xo‘jaligiga berilgan”, – deydi tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Umid Yo‘ldoshev.

    Yuqoridagi savolga qaytamiz: fermer nega yerni olishni istamayapti? Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari va “Shabada nur omad“ MChJ rahbarining qayd etishicha, fermer bu yerni ishlatishi uchun suv kerak. Suv uchun esa yerning sobiq egasi bo‘lmish MChJ bilan 3,5 kilometrga tortilgan elektr energiyasi, transformator va nasosni kelishish kerak. Tabiiyki, fermerga bu kelishuv xo‘jalikka kelishi mumkin bo‘lgan foydaga nisbatan juda qimmatlik qiladi. Ushbu vositalarsiz esa yer boz boyagi – chakalakzor holiga qaytishi mumkin. Aynan mana shunday sabablar tufayli fermer yerdan voz kechishga qaror qilgan. Ammo, yerni topshirish bo‘yicha hokimga ariza bergani bilan amalda yer uniki. Ahamiyat bering, amalda yer “Bo‘ka shirin-sut“ fermer xo‘jaligiga qarashli.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Dehqonlar bilan suhbatimiz chog‘ida ular yer masalasida “Shabada nur omad“ MChJ rahbari bilan kelishib ishlayotganini ma’lum qildi. Qiziq holat, e’tibor bering, yer MChJdan yanvar oyida tuman zaxira fondiga olingan. Dehqonlar esa mart-aprel oylarida MChJ rahbari bilan kelishib, ekin-tikin ishlarini boshlagan. Yana o‘sha savol, qanday?

    “Yerimiz optimallashtirish jarayonida boshqa fermer xo‘jaligiga berilgani haqida xabarim yo‘q edi. Bu haqda menga biror bir tashkilotdan xat yoki boshqa hujjat kelmagan. Hech bo‘lmaganda telefon orqali ham xabardor qilishmagan. Xabarim bo‘lganida mehnat va mablag‘ sarflagan yerim uchun kurashar, mas’ullarga vaziyatni tushuntirar edim. Axir, oradan bor-yo‘g‘i 2 mavsum o‘tdi va shu qisqa vaqt mobaynida 30 gektarlik haybatli changalzorni yer qildik. Tabiiyki, bunga yuqorida aytganimdek, yaxshigina mablag‘ sarfladik. Yer endi yer bo‘luvdi. Biz ham shunga tayyorlanib, eksport bo‘yicha yirik loyihalarni rejalashtirgandik. Agar hali ham imkoniyat berilsa, tashlandiq yerni obod qilganimiz kabi sabzavot yetishtirish va eksport qilishda ham yuzimizni yorug‘ qilamiz”, – deydi “Shabada nur omad“ MChJ rahbari Sunnat Shertoyev.Optimallashtirish jarayonida MChJga qarashli yer maydonining hech qanday ogohlantirish yoki xabarsiz olib qo‘yilishi yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosariga yuzlandik.

    “Joriy yil 9-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining optimallashtirish jarayoni bo‘yicha tegishli qarori qabul qilingan bo‘lsa, 30-yanvargacha bo‘lgan qisqa vaqt ichida tumandagi 1 ming 100 ta fermer xo‘jaligi ushbu jarayonga qamrab olindi. Tabiiyki, bunday tig‘iz vaziyatda kamchiliklar bo‘lib turadi. Jumladan, “Shabada nur omad“ MChJga yeri tuman zaxira fondiga olingani bo‘yicha xabar qilinmagan”, – deydi tuman hokimining birinchi o‘rinbosari.

    Yo‘limga, qo‘limga termulib, ilhaq kutayotgan farzandlarimga nima deyman!?

    Ayni paytda mavzu ob’ekti bo‘lib turgan mazkur yer maydoni haqida ma’lum tasavvurga ega bo‘ldik. Endi bevosita ekinlarning haydalishi bilan bog‘liq voqealarga e’tiboringizni qaratsak.

    “16—17-may kunlari tuman hokimligi, prokuraturasi va ichki ishlar idorasidan vakillar kelib, bu yerdagi ekinlar noqonuniy ekanini tushuntirdi. Shu sabab buzamiz, deyishdi. Biz ularga holimizni tushuntirdik, ular o‘z holini tushuntirdi. Xullas, 5 gektar pistani buzib, paxta ekishga va parvarishlashga kelishdik. Va’daga vafo qilib, 20 may kuniga qadar shu daladagi dehqonlar hashar yo‘li bilan 5 gektarga chigit qadadik”, – deydi dehqonlar.

     

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Murojaatchilarning qayd etishicha, 21-may kuni yana tuman mas’ullari kelib, dalaga traktor solgan va uni ekin maydoni bo‘ylab ko‘ndalangiga yurgizib, 2 gektardan ortiqroq yerdagi pista, yeryong‘oq va tarvuz haydab tashlangan.

    “1,5 gektarda tarvuz, 1 gektarda yeryong‘oq parvarishlayapmiz. 1,5 gektardagi pistani buzib, paxta ekdik. Bunisiga rozimiz, qaysiki noqonuniy hatti-harakatimiz, ya’ni tegishli huquqiy hujjatlarsiz, yana o‘zboshimchalik bilan yerga ekin ekkanimiz uchun. Axir aytishadiku, qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi, deb. Lekin biz dehqonmiz. Ko‘rsatilgan yerni obod qilishga, mo‘l hosil olishga o‘rganganmiz. Agar hujjatli ishlarga aqlimiz yetganida Namanganning Chustini, so‘lim qishlog‘im Olmosdan olislarda oilamdan, yoru do‘stlarimdan olisda yurmasdim. Bu masala o‘z yo‘liga. Lekin tarvuz va pistamizni ham buzishmoqchi. Axir biz bu yerga daromad olish, bola-chaqa boqish, ro‘zg‘or tebratish uchun oilamizning bor-yo‘g‘ini – ayni paytga qadar 25 million so‘m tikkanmiz. Ularni mehnatimiz bilan qo‘shib yerga qorishsa, yo‘limga, qo‘limga termulib, ilhaq kutayotgan oilamga nima deyman!?”, – deydi Odil Ergashev.Dehqonlarning ta’kidlashicha, ular tuman mutasaddi vakillariga noqonuniy faoliyatini qonuniylashtirish, ya’ni shartnoma tuzishni taklif qilgan. Ammo mutasaddilar buzish fikrida qat’iy.

    “2 gektar yeryong‘oq, 1 gektar tarvuz ekkanman. 1 gektar yeryong‘og‘imiz 21 may kuni buzib tashlandi. Bizga eng alam qilgani nima bilasizmi, ular ekinlarimizni buzib, paxta ekishmoqchi. Hafta-o‘n kunda yoz boshlanar pallasi paxta ekishmoqchi. Axir bu turgan bitgani isrofku. Birinchidan, chigit va paxtaga sarflangan pul havoga ketadi. Chunki bu payt ekilgan chigitdan paxta bo‘lmaydi. Ikkinchidan, bozorimizga chiqishi va hatto eksport qilinishi mumkin bo‘lgan shunga hosil boy beriladi. Uchinchidan esa bu yerda chayla qurib, mehnat qilayotgan 9 oilaning hayoti izdan chiqadi. Chunki ular bu yerga bor-budini sarflagan”, – deydi Ne’matillo Baxonov.Darhaqiqat, ekinlarga yaxshigina mablag‘ sarflangan. Buni dehqonlarning bir gektar tarvuz uchun sarflanadigan mablag‘i misolida ham ko‘rish mumkin. Chunonchi, bir gektarga 7—8 ming tarvuz urug‘i qadaladi. Bir dona urug‘ 400—500 so‘m. Bu bir gektarga faqatgina urug‘ uchun o‘rtacha 3 million 500 ming demakdir. Gektariga 110—120 kilogramm plyonka zarur bo‘ladi. Uning bir kilosi 16—17 ming so‘m. Demak, gektariga o‘rtacha 1 million 700 ming so‘m plyonka uchun pul sarflanadi. Yerni shudgorlash, ekinni o‘g‘itlash, mavsumiy ishchilarga kunlik pul berish, xullas bir gektar tarvuz tayyor bo‘lib, hosil olinguncha xarajat 10 milliondan ancha yuqorilab ketadi. Muammoli dalaning mavjud 30 gektari bo‘yicha moddiy zarar esa tabiiyki, shunga yarasha bo‘ladi.

    Xo‘sh, unda nega ekinlar buzib tashlanmoqda? Tuman mutasaddilari bu zararlarni bilishmaydimi? Bilsa unda nega buzish fikrida qat’iy?

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Murojaatchilarning fikrlarini e’tiboringizga havola etdik. Tabiiyki, bu tanganing bir tomoni. Dehqonlarning aqli yetgan narsaga tuman mutasaddilarining aqli yetmaydimi. Nazarimizda, keragicha yetadi. Demak, tanganing ikkinchi tomoni ham bor.

    Lekin u tomon bizga ham ma’lum emas. Biz unga aniqlik kiritish maqsadida mazkur jarayon ishtirokchisi bo‘lgan tuman hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosariga bir necha bor qo‘ng‘iroq qildik. Dastlabki va yagona muloqotimizda murojaatimiz mazmunini eshitib-eshitmas, go‘shakni qo‘ydi. Va afsuski qaytib ko‘tarmadi.

    O‘ylashimizcha, tuman mutasaddilari nima ish qilishini bilmasdan zerikib, ekinlarni buzdirmagan. Buning o‘ziga yarasha sabablari borligi tabiiy. Biz ulardan ushbu holat bo‘yicha asosli javobni kutamiz.

    27.05.2019, 10:35   Izoh (0)   37619
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston delegatsiyasi Parijda Butunjahon hayvonlarni himoya qilish tashkilotining Bosh sessiyasida qatnashmoqda

    27.05.2019, 09:53

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Toshkent—Tomchi” yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslarini tiklaydi

    27.05.2019, 09:42

    Jirinovskiy yaqin o‘n yil ichida butun dunyo bo‘ylab sodir bo‘ladigan hodisalarni “bashorat” qildi

    27.05.2019, 09:20

    Jamoatchilik knyaz Romanovning kartinalar kolleksiyasini Toshkentdagi saroyiga qaytarishni taklif qildi

    27.05.2019, 08:50

    Andijonda FVV xodimlariga yangi uylarning kaliti topshirildi

    26.05.2019, 23:30

    25-may, Toshkent, “Xalqlar do‘stligi”. Bitiruvchilarni o‘zbek estradasi yulduzlari va MakSim qutladi (foto)

    26.05.2019, 22:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Afg‘oniston janubida bolalar o‘yinchoqlarini sotish taqiqlandi

    Dunyo | 22 iyul, 22:50

    Namanganda 82-marta qoida buzgan haydovchining mashinasi jarima maydoniga joylashtirildi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 22:35

    “Armiyamiz keng ko‘lamli urushga tayyor va Suriyaga zarba berishni davom ettiramiz” — Isroil Bosh shtabi rahbari

    Dunyo | 22 iyul, 22:20

    “AQSHning tashkilotdan chiqishi kutilgan edi” — YUNESKO bosh direktori

    Dunyo | 22 iyul, 22:10

    Abbosbek Fayzullayev “Bashakshehir” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmadimi?

    Sport | 22 iyul, 22:04

    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

    Reklama | 22 iyul, 21:00

    O‘zbekistonda tug‘ilish kamayib, o‘lim holati ko‘payishda davom etmoqda

    O‘zbekiston | 22 iyul, 21:55

    Avstraliyalik mashhur aviabloger styuardessaga uylandi va to‘yini samolyot bortida o‘tkazdi

    Layfstayl | 22 iyul, 21:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.