Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Konservativ partiya yetakchiligidan 7-iyun kuni ketishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
“Vesti.ru”ning yozishicha, bu uning bosh vazirlik lavozimidan ketishini ham anglatadi. Partiyaning yangi yetakchisini va bosh vazirni saylash Meyning iste’fosidan bir hafta o‘tgach boshlanadi.
Tereza Meyning aytishicha, Brexit’ni amalga oshirish bo‘yicha qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi, lekin buning uddasidan chiqa olmadi. Shuningdek, bosh vazirlik lavozimini egallagan ikkinch ayol bo‘lgani u uchun sharaf ekanini va bu albatta oxirgisi emasligini ta’kidlagan.
Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey iste’foga chiqishi haqida 24-may kuni ma’lum qilmoqchi ekanligi haqida xabar bergan, tashqi ishlar vaziri Jeremi Xant esa bu xabarlarni rad etgan edi.
Izoh (0)