Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Tereza Meyning tez orada iste’foga chiqishi haqidagi xabarlarni rad etdi. “Korrespondent.net”ning xabar berishicha, bu haqda vazirlik rahbari Jeremi Xant ma’lum qilgan.

Foto: EPA

Foto: EPA

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Trampning iyun oyiga rejalashtirilgan Britaniyaga davlat tashrifi vaqtida Tereza Mey o‘z lavozimida bo‘ladi.

“Tereza Mey Trampni bosh vazir sifatida qabul qiladi va bu mutlaqo to‘g‘ri”, — degan Xant.

Avvalroq OAVda Mey 24-may kuni iste’foga chiqishini ma’lum qilmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan va buning sabablaridan biri sifatida Tereza Mey may oyida taqdim etgan Brexit bitimining yangi versiyasi hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlamaganligi ko‘rsatilgan edi.

Britaniya parlamenti Tereza Meyning Brexit bo‘yicha kelishuvini uch marta rad etishga ulgurgan. Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan 29-mart kuni chiqishi kerak edi, biroq parlamentdagi ovozga qo‘yish muvafaqiyatsiz o‘tgani sababli Ittifoqdan chiqish jarayonini 2019-yil 31-oktabriga qadar kechiktirishga to‘g‘ri kelgan.

Donald Tramp qirolicha Yelizaveta Ikkinchining taklifiga ko‘ra 3—5-iyun kunlari davlat tashrifi bilan Buyuk Britaniyada bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak