Joriy yilning 22-may kuni Rim shahrida Italiya naslchilik uyushmasi vakillari hamda O‘zbekiston quyonchilik agrofirmalari vakillari bilan o‘zaro hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tashabbusi bilan O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.
Uchrashuv mobaynida, italiyalik mutaxassislarning naslchilik genetikasi va seleksiyasi sohasidagi yutuqlari butun dunyoda tan olinganligini inobatga olgan holda, O‘zbekistonlik Respublikasining ushbu mamlakat vakillari bilan hamkorligi samarali natijalarga olib kelishi mumkinligi alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida Italiya naslchilik uyushmasi prezidenti Roberto Nochentini va “Mikrokreditbank” ATB boshqaruv raisi O.Almardanov o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandumning bosh maqsadi quyonchilik sohasi genetikasi bo‘yicha hamda quyonlarning yangi seleksiya nasllarini yetkazib berish borasida o‘zaro hamkorlik hisoblanadi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)