• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda uylar barcha zarur telekom-infratuzilma bilan quriladi

    Shavkat Mirziyoyev 22-may kuni “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Norma xabar berdi.

    Foto: Norma

    Foto: Norma

    Hujjat ushbu yo‘nalishda yangi tartib joriy etilishini nazarda tutadi.

    Birinchidan, telekommunikatsiya tarmoqlari, qurilmalari, vositalari va obyektlari, operatorlar va provayderlarning mobil aloqa bazaviy stansiyalari, shu jumladan, ijaraga beruvchilarning hududlarida ijara asosida o‘rnatilgan stansiyalar mulkchilik shaklidan qat’i nazar, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari hisoblanadi.

    Ikkinchidan, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari, shu jumladan, kabel kanalizatsiyasi, past tokli kabel shaxtalari, telekommunikatsiya qurilmalarini o‘rnatish uchun maydonlar va infratuzilmalar bilan ta’minlanmagan jamoat, sanoat, turar joy, ma’muriy binolar va inshootlarni qurish hamda foydalanishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, loyiha-smeta hujjatlari 2019-yil 1-iyulgacha tasdiqlangan binolar va inshootlar bundan mustasno. Mahalliy hokimiyatlarga loyihalashga topshiriqlarni hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va kelishish bosqichlarida ushbu talabga rioya qilinishi ustidan kuzatish topshirildi.

    Uchinchidan, telekommunikatsiya obyektlarini ko‘chirish, qayta o‘rnatish, shuningdek, ularning faoliyatiga uchinchi shaxslar tomonidan har qanday aralashish yuzaga kelgan muammolarni hal etishning boshqa imkoniyatlari mavjud bo‘lmagan hollardagina hamda faqat mazkur obyektlarning egasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining bunday ishlarni amalga oshirish bo‘yicha xarajatlari mazkur o‘zgarishlarning tashabbuskori tomonidan to‘liq hajmda qoplanadi.

    To‘rtinchidan, binoda yashovchilardan telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etishga ariza mavjud bo‘lganda XUMSh telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga bino ichida telekommunikatsiya tarmoqlarini past tokli kabel shaxtalari, telekommunikatsiya qurilmalarini o‘rnatish uchun maydonlar va infratuzilmadan beg‘araz asosda foydalangan holda o‘tkazishni rad etishga yoki to‘sqinlik qilishga haqli emaslar, mobil aloqa baza stansiyalarini o‘rnatish bundan mustasno.

    Beshinchidan, 2019-yil 1-avgustdan boshlab:

    • davlat-xususiy sheriklik shartlarida olis va qishloq aholi punktlarida joylashgan budjet tashkilotlari uchun telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratishni ta’minlagan telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga, mobil aloqa operatorlaridan tashqari, 10 yil davomida quyidagilar kafolatlanadi:
    ularning xizmatlaridan olis va qishloq aholi punktlaridagi budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari foydalanishi;

    “O‘zbektelekom” AK tomonidan Internet tarmog‘iga kirish xizmatini ulanish joyidan qat’i nazar yagona tarif bo‘yicha taqdim etilishi;

    olis va qishloq aholi punktlaridagi budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari tomonidan mazkur tashkilotlarga, shuningdek, ushbu hududdagi aholi va boshqa yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan telekommunikatsiya vositalarini o‘rnatish uchun maydonlar va infratuzilmalarni beg‘araz asosda taqdim etish;

    • telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining foyda solig‘i hamda yagona soliq to‘lovini hisoblashda soliq solinadigan baza olis va qishloq aholi punktlaridagi budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari uchun muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini yaratishga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga kamaytiriladi.
    Bundan tashqari, mazkur sohada bir qator imtiyoz va preferensiyalar nazarda tutiladi:
    • Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha simsiz ma’lumotlar uzatish uchun signal quvvatidan qat’i nazar 2400-2483,5 MGs va 5000-5999MGs radiochastota polosalarida ekspluatatsion yig‘im va radiochastota spektridan foydalanganlik uchun to‘lov undirilmaydi;
    • davlat ko‘chmas mulkidan telekommunikatsiya obyektlarini o‘rnatish uchun foydalanganlik ijara to‘lovining eng kam stavkalari, oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llamagan holda, “simli elektr aloqasi”dan foydalanish maqsadi bo‘yicha stavkaga teng miqdorda qo‘llaniladi;
    • istisno tariqasida, telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga 2022-yil 1-yanvarga qadar telekommunikatsiya obyektlarini qurish-montaj ishlarini, radioelektron vositalarni o‘rnatish maydonchalarini (joylarini) kelishgandan so‘ng, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan parallel ravishda amalga oshirishlari mumkin;
    • 2022-yil 1-yanvarga qadar yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan telekommunikatsiya vositalari bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (QQS va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etiladi.
    Operatorlar va provayderlarga 2019-yil 1-iyuldan boshlab gov.uz davlat subdomenida joylashtirilgan axborot resurslariga kirishda ishlatiladigan trafik uchun haq olmaslik tavsiya etildi.

    Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi turistik obyektlarda, shu jumladan, 2019-yilda davlat-xususiy sheriklik shartlarida Internet tarmog‘idan simsiz foydalanish bo‘yicha ommaviy nuqtalar paydo bo‘ladi.

    Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishga texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tegishli xulosa berish ular kiritilgan sanasidan boshlab 2 hafta muddatda amalga oshiriladi.

     

    23.05.2019, 20:31   Izoh (0)   12772
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    TIV: Italiyada avtobus halokati natijasida jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q

    23.05.2019, 20:18

    Toshkent viloyatida noqonuniy dori vositalari saqlanuvchi “yama” aniqlandi

    23.05.2019, 20:05

    O‘zbekistonda tibbiy ma’lumotsiz xalq tabobati bilan shug‘ullanishga ruxsat berildi

    23.05.2019, 19:26

    O‘zbekistonda yuridik kollejlarga 9-sinf bitiruvchilarini qabul qilish to‘xtatiladi

    23.05.2019, 19:16

    O‘zbekistonda shaharlararo avtobuslar tungi vaqtda faqat ichki ishlar organlari hamrohligida harakatlanishi mumkin bo‘ladi

    23.05.2019, 19:00

    Toshkent teleminorasidagi 5 yil oldin yirtilgan bayroq kelasi hafta boshigacha almashtiriladi

    23.05.2019, 18:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning “Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ordeni bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 13:14

    Londonda 10 mln dollarlik Samsung telefonlari o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 5 avgust, 13:10

    O‘zbekistonda “yashil” elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha oylik rekord yangilandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 12:56

    Rossiya armiyasi Xarkovdagi vokzalga hujum qildi (video)

    Dunyo | 5 avgust, 12:39

    Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbari maslahat uchrashuviga tayyorgarlikka doir maxsus tadbirda qatnashdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 12:31

    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

    Reklama | 5 avgust, 10:30

    “Aeroportda yolg‘iz”: Ispaniyada ota-ona 10 yoshli o‘g‘lini aeroportda qoldirib ketdi

    Dunyo | 5 avgust, 12:27

    Gollivud yulduzi Mark Ruffalo yana Xalk roliga qaytadi

    Kino | 5 avgust, 12:22

    Habib Nurmagomedov so‘nggi 100 yillikning eng buyuk sportchisi kim ekanini aytdi

    Sport | 5 avgust, 12:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.