O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-may kuni “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ko‘zda tutgan qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Qonunning 41-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritildi:
“Tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar ham O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha maxsus komissiyaning xulosasi asosida xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladilar”.
2018-yil oktabrida Prezident xalq tabobatini aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishda qo‘shimcha usul sifatida tan oluvchi qarorni imzolagan edi.
Izoh (0)