Endilikda pensiyani hisob-kitob qilish uchun EKIHning 10 barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi, deb yozadi Spot.
Qonunchilik palatasi tomonidan 26-aprelda qabul qilingan, Senat tomonidan 3-mayda ma’qullangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda pensiyani hisob-kitob qilish uchun EKIHning 10 barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi.
Ilgari ushbu miqdor eng kam oylik ish haqining sakkiz barobarini tashkil etgan.
Shuningdek, Qonun bilan Senatdagi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi etib o‘zgartirildi.
Izoh (0)