Pyotr Poroshenko besh yil davomida Ukraina prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelgan paytda o‘z mablag‘ining 40 foizini yo‘qotdi, deb xabar berdi Meduza.
Bloomberg’ning ma’lum qilishicha, uning boyligi 2014—2019-yillarda 705 milliongacha qisqardi. Ukrainaning Forbes jurnali 2014-yilda Poroshenkoning boyligini 1,3 milliard dollarga baholagan, 2015-yilga kelib esa uning sarmoyasi 750 million dollarga kamaygan.
Poroshenkoning eng qimmat aktivi bu Roshen qandolatchilik konsernidir. Bloomberg’ning qayd etishicha, 2012-yilda Roshen ishlab chiqarish hajmi yiliga 400 tonnani tashkil etgan. Ammo kompaniya mahsuloti Rossiyada taqiqlanganidan so‘ng bu ko‘rsatkich to‘rt baravarga kamaygan.
Pyotr Poroshenko Ukrainaning beshinchi prezidenti. U prezidentlik saylovlarida Vladimir Zelenskiyga yutqazganidan so‘ng ushbu lavozimni 20-may kuni tark etdi.
Izoh (0)