Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Ulyana Suprun BMTdan Rossiyani tashkilot xavfsizlik kengashi a’zoligidan chiqarishni so‘radi, deb xabar berdi “RBK”.
“BMT Rossiya federatsiyasi xalqaro huquq tizimiga qaytmagunicha uning Xavfsizlik kengashida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak”, — dedi u Jenevadagi Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi sessiyasida.
Ulyana Suprun bu Donbas va Qrim hududidan Rossiya harbiylarining olib chiqib ketilishi, harbiy va siyosiy mahbuslarning ozod etilishi masalasiga ham tegishli ekanligini qayd etdi.
Suprun shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarni “Kreml asiri” bo‘lib qolmaslik uchun Rossiya moliyalashtiradigan loyihalardan voz kechishga chaqirdi.
Izoh (0)