Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagard 18-may kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif chog‘ida Kristin Lagard Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva boshchiligida samarqandlik turli sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar bilan uchrashdi. Ular bilan tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan imkoniyatlar, erishilgan yutuqlar va yuzaga kelayotgan muammolar haqida suhbatlashdi.
Bundan tashqari, mehmonga O‘zbekistonda gender tenglikni, ayollar bandligini ta’minlash hamda ayollarning fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Kristin Lagard ayollarning tadbirkorlik sohasida huquq va manfaatlarini ta’minlashda boshqa mamlakatlarning va o‘z tajribalari bilan bo‘lishdi.
Izoh (0)